Krishtianu Ronaldu La Liganing barcha zamonlardagi to'purarlari ro'yxatida 15-o'ringa ko'tarilib oldi
09 noy 2013 22:41
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu La Liganing barcha zamonlardagi to'purarlari ro'yxatida 15-o'ringa ko'tarilib oldi
Ispaniya chempionatining 13-tur bahsida "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda Ronaldu xett-trik qayd etdi.
SHu tariqa, Portugaliya termasi hujumchisi La Liga to'purarlari ro'yxatining 15-pog'onasiga ko'tarilib oldi
28 yoshli futbolchi bugungi gollari bilan qo'shib xisoblaganda, Ispaniya chempionati bahslarida 162 ta gol urgan va bu natija "Atletiko"ning sobiq hujumchisi Luis Aragonesning gollaridan ikkitaga ko'p.
Bundan tashqari, Ronaldu "Atletiko"ning bugungi kundagi asosiy qurollaridan biri Diego Kostani La Liganing ushbu mavsumdagi to'purarlik poygasida quvib o'tdi.

Fikrlar