Krishtianu Ronaldu ketma-ket 19 mavsumdan beri gol urmoqda
21 sen 2020 08:15
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu ketma-ket 19 mavsumdan beri gol urmoqda
Ronaldu A Ceriyaning 1-turidayoq gol urdi.
“Yuventus” A Ceriya 2020/21 yilgi mavsumi 1-turida “Sampdoriya” ustidan 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvdagi so'nggi golga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Qayd etilishicha, Ronaldu klub darajasida ketma-ket 19 mavsumdan beri gol urib kelmoqda. Eslatib o'tamiz, Ronaldu “Yuve”ga qadar “Sporting Lissabon”, “Manchester Yunayted” va “Real Madrid” klublarida to'p tepgan.
35 yoshli hujumchi 2018 yildan beri “Yuventus” safida harakat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar