So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Krishtianu Ronaldu: Ilhom manbai – o'zimman Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu: Ilhom manbai – o'zimman

Real Madrid vingeri Krishtianu Ronaldu barcha futbol fanatlariga birdek yoqmasligi, yani ayrimlar unga faqat nafrat yoxud hasad ko'zi bilan qarashlarini oddiy hol o'rnida ko'radi.

Boshqacha aytganda, u muxlislar  munosabatining xilma-xilligidan zarracha tashvish chekmaydi. Axir ayrimlarning aynan nafrat aralash munosabatlari portugaliyalik uchun qo'shimcha motivaciya sifatida xizmat qiladi.

- Bolaligingda sen uchun kim bosh qahramon edi?


- Yoshligimda asosan Luish Figu va Rui Koshta kabi hamyurtlarim o'yinlarini diqqat bilan kuzatganman. Yani ularning eng yuqori darajada to'p surayotganlarini teran anglab, o'z oldimga shu saviyaga ko'tarilish vazifasini qo'yganman.

- Ota-onang futbol faoliyatini boshlab olishingga nechog'li yordam ko'rsatishgan?


- Ular 12 yoshimda Madeyradan ketib, Lissabonning Sporting klubi tizimida shug'ullanishimga imkoniyat yaratib berishgan. Esimda, o'shanda uydan chiqib ketayotganda, beixtiyor birga yig'lab yuborgandim. Biroq hozir o'zim otaman va meni boshqa shaharga jo'natish ularga qanchalik og'ir bo'lganini endi tushunib turibman. Xullas, ota-onam faoliyatim uchun eng to'g'ri va muhim sanalgan qarorni vaqtida qabul qilishgan. Ammo takror aytamanki, bu borada rosa qiynalganlari aniq.

- Umuman, seni kim hammadan ko'proq qo'llab-quvvatlaydi?


- SHubhasiz, onam. U mislsiz g'amg'o'rligi va qayg'urishi bilan menga hamisha o'ziga xos qanot bag'ishlaydi.

- Faoliyatingning boshlang'ich qismida senga bevosita ko'maklashgan alohida inson ham bormi?

- Ha - Aurelio Pereyra (Sporting skautlari boshlig'i, Ronalduni aynan u kashf etgan). U yoshligimdanoq hayotimga katta tasir o'tkazgan va faoliyatimda muhim o'ringa ega. CHunonchi, Aurelio boshidanoq salohiyatimga qattiq ishongan, qolaversa, shu ishonchni menga to'liq singdira olgan.

- Evro-2016 finalidan so'ng o'zingga tegishli qanday yangilik kashf etding?


- Jamoamga bevosita maydonda yordam berolmasligimni bilgach (Ronaldu birinchi bo'lim o'rtalarida jarohat tufayli zaxiraga chiqqandi), chetda ham uning uchun muhim rol o'ynashda davom etishim mumkinligini tushundim. Deylik, tanaffus chog'i yigitlarni imkon qadar ruhlantirishga urindim va keyinchalik ham maydon chetida ko'rsatmalar berish asnosida jamoani bo'shashmaslikka chaqirib turdim. Zero, futbol jamoasi maydonda to'p suradigan 11 o'yinchidangina iborat emas - uning azolari ancha ko'p.

- Futbolga bog'liq eng muhim saboqni kimdan olganingni ayta olasanmi?


- Aytishim joiz, seni ko'rolmaydiganlar munosabatini qo'shimcha motivaciya manbasiga aylantirishing mumkin. Bemalol ishonch bilan takidlayman: aslida shunday salbiy qarashlarga ehtiyojim bor. Zero, hozirgi darajaga etishimda aynan salbiy munosabatlar va nafratlarning o'rni ham  katta. Ular menga yordam beradi.

- Futbolchi sifatida shakllanishingda qaysi murabbiyning tasiri kuchli va mehnati  ko'proq singgan?


- Ko'p bora aytganman, ser Aleks Fergyusonga otamdek munosabatdaman. Umuman olganda, faoliyatimdagi barcha murabbiylar muhim rol o'ynashgan. Lekin bitta  alohida gap shuki, Manchester Yunayted safiga qo'shilgan payt hali g'o'r o'smir edim va Realga shakllangan yigit sifatida yo'l oldim. Oddiy aytganda, jahonning eng buyuk klublaridan biriga mutlaqo kutilmagan holda o'tgandim. Xullas, ser Aleksdek g'amxo'r insonning qo'llab-quvvatlashlari oyoqqa turib olishimda rosa qo'l kelgandi.

- Kiyinish xonasini uyg'otish bobida qaysi murabbiy alohida maqtovga loyiq?


- Zayniddin Zidan o'tgan mavsum bu masalada chinakam o'rnak ko'rsatdi. Qarang, biz mavsumni yaxshi boshlay olmagandik, keyin Zidan keldi-da birdaniga haqiqiy ruhlantiruvchiga aylandi. Natijada faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumlardan birini o'tkazdim. Zero, biz La-ligada ajoyib seriya qayd etishdan tashqari, CHempionlar Ligasida g'olib chiqdik. Klubdagi zafarli yurish Portugaliya termasining Evro-2016dagi g'alabasiga ulandi. Xullas, bu shaxsan men va Real uchun buyuk mavsum bo'ldi. Jamoani shu qadar ruhlantirish va olg'a boshlash faqat munosib murabbiylar qo'lidan keladi.

- Endi raqiblar haqida gaplashsak. Eng murakkab taqibching sifatida kimni etirof etasan?

- Yillar davomida Eshli Koul bilan o'rtamizda buyuk olishuvlar kuzatildi - u loaqal bir soniya tin olishimga yo'l qo'ymasdi. Koul eng yuqori sport formasiga chiqqan vaqtlarda alo darajadagi futbolchi edi - tezkor, to'pni olib qo'yishda benazir. Harqalay, men har safar unga qarshi o'ynash juda-juda og'ir bo'lishini teran tushunganman.

- Xo'sh, qaysi raqobatchingni hammadan ko'proq yoqtirasan?


- Messi bilan o'rtamizda o'zaro hurmat hissi mavjud. Ha, OAVda raqobatimizni puflashni yoqtirishadi, lekin o'zimiz bunga xotirjam qaraymiz. To'g'ri, alohida do'st tutingan emasmiz, biroq bir-birimizni hurmat qilamiz.

- Vaqt va pul masalasidagi eng saxiy klubdoshing...?


- Qaerda o'ynamayin, ham klublar, ham futbolchilarning xayriya ishlariga jiddiy qarashlari guvohi bo'lganman. SHaxsiy fikrimcha, biz o'z yordamimizni darig' tutmasligimiz kerak, axir hayotda omadimiz chopgan.

- Faraz qilaylik, razvedkaga chiqishingga to'g'ri kelsa, hamrohlikka qaysi jamoadoshingni tanlarding?


- Pepeni. Birinchidan, u ajoyib himoyachi, ikkinchidan, maydonda borini beradi. Qisqasi,  doimo alohida fidoyilik ko'rsatadi.

- Hamkasblaring yoki sobiq murabbiylaring orasida qay biri buyuk futbol donishmandi maqtoviga munosib?


- Hozirgacha ko'plab etuk murabbiylar rahbarligida o'ynadim. Ulardan Joze Mourino mudom ajoyib analitik sifatida o'ylashi bilan ajralib turardi. Deylik, har bir jihatni obdon bilardi.

- Faoliyatingga eng kuchli tasir qilgan inson...?


- O'zim.

- Xoh terma, xoh klubda bo'lsin, qaysi jamoadoshingdan o'zgacha ilhom olgansan?


- Men uchun asosiy ilhom manbasi - avvalo, o'zimman. Harqalay, hech kim menga nisbatan o'zimchalik talabchan bo'lgan emas. Yuqorida Figu va Rui Koshta o'yinlarini yoqtirganimni aytdim, biroq hech qachon kimdandir o'zib ketishni o'ylamaganman. Aksincha, har doim shunchaki, nimalarga qodirligimni muntazam namoyish etishni istaganman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика