Krishtianu Ronaldu: "G'alabaga haqli edik"
28 okt 2018 00:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460052_original.jpg)
![](/upload/storage/460052_220.jpg)
Krishtianu Ronaldu: "G'alabaga haqli edik"
"Yuventus" etakchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 10-turida "Empoli" ustidan qozonilgan irodali g'alaba(2:1)dan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
"Bu o'yin juda og'ir o'tdi. Birinchi bo'limda jamoa charchoq holatda o'ynagani bilinib qoldi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida biz raqibga nisbatan yaxshiroq harakat qildik va g'alabani haqli ravishda qo'lga kiritdik. Ushbu hafta biz uchun ahamiyatli edi. "Manchester Yunayted"ga qarshi "Old Trafford"da bellashdik. Keyin esa "Empoli" bilan mehmonda to'p surishimizga to'g'ri keldi. Asosiysi, ikkala to'qnashuvda ham kerakli natijani qo'lga kiritdik, - deya Ronaldu so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.
Ushbu bahsda Ronalduning dubli Allegri shogirdlariga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar