So’nggi yangiliklar

14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  0 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  8 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  8 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  15 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15

Krishtianu Ronaldu: Endi murabbiy bo'laman! Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu: Endi murabbiy bo'laman!

O'tgan hafta ECHL va EL guruh bosqichiga qura tashlash barobarida evromavsum-2015|2016 yakunlari sarhisob qilindi va ko'pchilik kutganidek, Portugaliya terma jamoasi hamda Real klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu kechaning bosh qahramoni sifatida etirof etildi.

O'tgan hafta ECHL va EL guruh bosqichiga qura tashlash barobarida evromavsum-2015|2016 yakunlari sarhisob qilindi va ko'pchilik kutganidek, Portugaliya terma jamoasi hamda  Real klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu kechaning bosh qahramoni sifatida etirof etildi. Yani evromavsumning eng yaxshi futbolchisiga ajratilgan Kumush futbolka aynan Krishga topshirildi. Ronaldu shu bilan ikkinchi marta bu sovrin laureatiga aylanib, futbol olamidagi asosiy raqobatchisi Lionel Messiga tenglashib oldi.

Marosimda avvaliga evromavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi nomi malum qilindi. Bosh sovringa germaniyalik Jenifer Marojan, norvegiyalik Ada  Xegerberg va franciyalik Amandin Anri nomzodi ko'rsatilgandi. Monakoga ulardan ikkisi tashrif buyurdi, Anri o'z klubi - Portlendda bandligi bois, taqdirlash marosimida qatnasholmadi. Xullas, Marojan va Xegerberg sahnaga chiqishgach, Anxel Mariya Vilyar (UEFA vice-prezidenti, u tashkilot rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turibdi) barchani ozgina hayajonda ushlab turgach, nihoyat, g'oliba bilan tanishtirdi. Demak, maxsus so'rov natijasiga ko'ra, norvegiyalik mallasoch xonim mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi sifatida etirof etildi. SHundan so'ng navbat asosiy masalaga keldi. Hammaning nigohiyu, qulog'i Mariya Vilyarda - u kimning ism-familiyasini tilga oladi? Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Antuan Grizmann... RONALDU - tabassum bilan elon qildi ispaniyalik funkcioner. SHunday qilib, Kumush futbolka ikkinchi marta portugaliyalik yulduz mulkiga aylandi!

Krishtianu Ronalu o'ziga tegishli bo'lgan sovrinni qo'lga olgach, maxsus matbuot anjumanida ishtirok etdi. U belgilangan zalga birinchi bo'lib kirib bordi – yangi sovrini bilan. Portugaliyalik futbolkani stol ustiga qo'yar ekan, uni ohista silagancha eng yaxshi ayol futbolchi – Ada Xagerbergni kutib turdi.

- O'zi ayollarni doimo kutishga to'g'ri keladi,- deya sukunatni buzdi ajoyib kayfiyatda bo'lgan Ronaldu.- Bilasizku, pomada, tush, poshnalar... Menimcha, u hozir liftda bo'lsa kerak.


SHu lahzada Krishtianu boshini burdi va qulog'idagi sirg'a o'zgacha jilo bag'ishladi. Keyin ko'zi yo'lakda kelayotgan Xegerbergga tushib, samimiy kuldi.

- Bolalikda nimani orzu qilgansiz? - so'rashdi Ronaldudan.


- Futbolchi bo'lishni. Demakki, bu borada orzum ushaldi.

- Joriy yil terma jamoangiz bilan ilk marta sovrin yutdingiz. Franciya-2016 finalidan so'ng avvalo, qanday hislar og'ushiga tushgandingiz?


- Birinchi marta g'alaba qozonish doimo yoqimli. Buni so'z bilan ifodalash qiyin. O'z mamlakatim uchun nimadir yutishni xohlashimni mudom aytib kelganman. Yashirmayman, o'shanda ko'p yig'ladim. Ehtiroslar to'lib-toshib ketdi. Ochig'i, yana bir bor takidlayman, Portugaliya termasi bilan qo'lga kiritilgan sovrin alohida o'rin tutadi!

- Final o'yini chog'i Fernandu Santush yordamchisi vazifasini bajardingiz, hisob...


- Albatta, endi murabbiylik uchun o'qiyman! Lekin jiddiy gapirsam, bu ish bilan shug'ulllanishni istamayman. Juda murakkab vazifa. Harqalay, ayni payt umumiy fikrim shunday. Ehtimol, yana 5-6 yildan so'ng bu masala bo'yicha xulosam o'zgarar...

- Futbolda imkoni bor barcha sovrinlarni yutgansiz. SHu holatda ishtiyoqni qanday saqlash mumkin?


- Kurashga doimo tabiiy holda shaylanaman. Aytgancha, ko'pchilik menga aynan shu savol bilan murojaat qiladi. Bilasizmi, futbol - mening ehtirosim, hayotiy ovunchog'im. SHunday ekan, imkon qadar yuqori saviyada o'ynashga intilaveraman. Mudom. Har bir mavsum - yangi chorlov. SHuning barobarida hech narsa o'zgarmaydi. Maydonga tushdimmi, hujumga o'tishim, gollar urishim shart.

- Hali jahon chempioni unvonini olgan emassiz...


-  Mayli, tinch qo'ysanglar-chi... Axir Evropada endigina birinchi marta eng yaxshi bo'ldik.  Sizlar esa darrov jahon chempionati haqida so'z ochyapsizlar. Bunday turnirda g'olib chiqish juda-juda qiyin. To'g'ri, futbolda har narsa ro'y berishi mumkin.

- SHuningdek, tarixda CHLda ketma-ket ikki marta zafar quchish hali hech bir klubga nasib etmagan...


- Nima derdim, ehtimol, bu ishni Real uddalar... Aynan shunday shaylanishimiz kerak. Boshqacha aytsam, o'z oldimizga xuddi shu vazifani qo'yishimiz shart.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика