So’nggi yangiliklar

13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  2 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  10 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  30 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  5 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  3 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6

Kris Koulmen: "Franciyadan ketmoqchi emasmiz" Yangiliklar

Kris Koulmen: "Franciyadan ketmoqchi emasmiz"

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulmen Rossiya bilan bo'ladigan bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Boshqa terma jamoa o'yini haqida tanqidlarga men izoh bermayman. Rossiyada yaxshi jamoa yig'ilgan. Ular o'z o'yinlarini o'zlari topishlari kerak. Biz o'zimiz va o'z o'yinimiz haqida qo'yg'urishimiz lozim. Rossiyaning qanday muammolari borligiga etibor qaratmaymiz. Bizni juda qiyin o'tadigan bahs kutib turibdi. Rossiyaga faqat g'alaba kerak va bu narsa o'yinni biz uchun yanada qiyinlashtiradi. Tanqidlarga uchrayotgan jamoa Angliyadan ochko oldi va kuchli Slovakiyaga yutqazganini unutmang.
Ko'pchilik bizni Angliyaga qarshi o'yindagi oxirgi daqiqalarda mag'lubiyatga uchraganimiz bois tushkun kayfiyatda qolishimizni taxmin qilmoqda. Men bunga qo'shilmayman. O'sha o'yinni chuqur tahlil qildik va harakatlarimizga tanqidiy munosabatda bo'ldik. To'pni nazorat qilishda bizda muammolar uchragan. Guruhdan chiqishimiz uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. Buni uddalasa bo'ladi. Ertangi o'yindagi har qanday natijadan qatiy nazar shuni aytishim mumkinki, Uels uchun Evro-2016 bu oxirgi bekat emas. Ertaga pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga umid qilaman. Kelajakda bu futbolchilardan katta natijalar kutsa bo'ladi. Biz Franciyadan ketmoqchi emasmiz. To'g'ri, musobaqa oldidan 4 ochko keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'ladi, degandim. Ammo hozir barcha guruhlarda turlicha scenariy. SHu bois bu narsa boshqa guruhlardagi natijalarga ham bog'liq. Bizni oldinda 90 daqiqa davom etadigan keskin kurashlarga boy to'qnashuv kutmoqda.

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика