"Krasnodar"ga Farke bosh murabbiy etib tayinlandi. Arveladze nomzodlar orasida bor edi
13 jan 2022 15:11
Yangiliklar
"Krasnodar"ga Farke bosh murabbiy etib tayinlandi. Arveladze nomzodlar orasida bor edi
"Krasnodar" bosh murabbiylikka Daniel Farke tayinlanganini elon qildi.
45 yoshli germaniyalik mutaxassis klub bilan 2024 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi.
Uning "Krasnodar"dagi assistenti Edmund Riemer bo'ladi, murabbiylar shtabini shuningdek Kristofer Jon va Kris Domogalla to'ldiradi.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar nomzodlar orasida "Paxtakor" sobiq ustozi SHota Arveladze nomi ham tilga olingan edi.
SHota Arveladze RPL klubini boshqarishi mumkin
SHota Arveladze: "Krasnodar"da ishlash men uchun qiziq bo'lardi"
Fikrlar