"Krasnodar" tarixidagi eng yaxshi 7ta jamoa
01 noy 2014 16:07
Yangiliklar


"Krasnodar" tarixidagi eng yaxshi 7ta jamoa
Muvvafaqiyat: Sport principiga to'g'ri kelmagan holda birinchi divizionga chiqdi.
Murabbiy: Vladimir Volchek.
Asosiy yulduzlari: Dmitriy Izvekov, Andrey Guskov.
Futbolni yoqtiradigan millarderlar Rossiya hududlarida kam uchraydi. SHu sabab Sergey Galickiyning past ligalarda yurgan "Krasnodar"da paydo bo'lishi ham kutilmagan hol bo'ldi. Rossiyaning eng boy insonlaridan biri o'z "bolalari" bilan bir necha yillar davomida premer-ligaga chiqish va evrokuboklarda ishtirok etish uchun harakat qilishini aytgan. 2008 yilda "Krasnodar" licenziya va ikkinchi divizionda ishtirok etish uchun ruhsat oladi.
Qisqa vaqt ichida jamoa tarkibi tuziladi. Unda yosh va uncha mashhur bo'lmagan bo'lmagan futbolchilar yig'ildi. Jamoadagi eng mashhur futbolchilari hozirgi kunda "SHeksna" tarkibida to'p tepayotgan Dmitriy Izvekov va "Torpedo"ning ayni damdagi o'yinchisi Andrey Guskov bo'lgan. "Krasnodar" mavsumni kuchli uchlikda yakunladi, ammo bu natija "shaharliklar"ni birinchi divizionga chiqishi uchun etarli bo'ldi. "Krasnodar"dan tepada joylashgan klublar yuqori ligada ishtirok etishdan bosh tortdi va bu holat quyi ligalarda odatiy hisoblanadi.
6. "Krasnodar" 2009 - "o'nlik"ka kirish
Murabbiy: Vladimir Volchek, Nurbiy Xakunov
Asosiy yulduzlari: Sergey Miroshnichenko, Evgeniy Kaleshin, Azim Fatullaev
"Janub" zonasida uchinchi o'rinni olgan jamoa birinchi divizionda kurasha olishi qiyinligi malum edi. SHu sababli klub transfer bozorida faol ishtirok etishga majbur bo'ldi. Jamoa tarkibi 80 foiz o'zgardi. "Krasnodar" o'zida erkin agent maqomiga ega bo'lgan futbolchilarni oldi, ammo jamoadagi ko'p futbolchilar ijara asosida olingan edi.
"Krasnodar" shunday qiyin holatda 2009 yilgi mavsumni boshladi. Lekin bu vaziyatga qaramay, jamoa yangi futbolchilari bir-biri bilan juda tez chiqishib ketdi va birinchi divizionda yaxshi jamoaga aylanishdi. "Krasnodar" etakchilar safida emas edi, ammo autsayderlardan ham ancha uzoqda bo'lgan. Mavsum so'ngida "Krasnodar" turnir jadvali markazida, o'ninchi o'rinda qoldi va shu bilan ular o'zlarining shaxsiy rekordlarini o'rnatishdi.
5. "Krasnodar" 2010 - elitaga yo'l
Murabbiy: Sergey Tashuev.
Asosiy yulduzlari: Aleksey Botvinev, Nikolay Markov, Igor Pikushak.
Bir yil ichida birinchi divizionning kuchli o'nligiga kirgan "Krasnodar" kelasi mavsumda o'z oldiga Premer-ligaga chiqish maqsadini qo'ydi. Bu natijaga erishish uchun navbatdagi transfer ishlarini yo'lga qo'yishga to'g'ri keldi. "Krasnodar" tarkibini Pazin, Komkov, Pikushak, Markov (hozirgi kunda o'sha tarkibdan qolgan yagona futbolchi) va boshqalar to'ldirishdi.
Bundan tashqari, murabbiylar shtabidan ham o'zgarishlar yuz berdi. "Krasnodar"ga hozirgi "Anji" bosh boshqarayotgan Sergey Tashuev bosh murabbiy bo'ldi. Tashuev qisqa vaqt ichida jamoani birinchi divizon favoritiga aylantira oldi. Birinchi aylanada "Krasnodar" etakchilar safida bordi, ammo ikkichi aylanadagi omadsizliklar ularga premer-ligaga chiqish uchun halaqit bermadi va ularga omad kulib boqdi. "Saturn" o'sha mavsumda inqirozga uchradi va turnirni tark etdi. "Krasnodar" birinchi divizonda mavsum yakunlariga ko'ra beshinchi o'rinni oldi, ammo "Saturn" bo'shatgan o'rin aynan "shaharliklar"ga nasib qildi. Sabab - yaxshi infrastrutura va bir maromdagi moliyaviy holat.
4. "Krasnodar" 2011/12 - elitadagi birinchi qadamlar
Murabbiy: "Slavolyub Muslin.
Asosiy yulduzlari: Nikola Drinchich, Otar Marcvaladze, Yura Movsisyan.
"Krasnodar" elitaga chiqqanidan so'ng Sergey Tashuev jamoani tark etadi. Klubni muvaffaqiyatga erishishi uchun tajribaliroq, rus futbolida ko'p narsani ko'rgan murabbiy bo'lishi kerak edi. "Krasnodar" "Lokomtiv"da ishlagan Slavolyub Muslin bilan shartnoma imzolaydi. Serb ustozining tajribasi "buqalar"ga katta yordam beradi.
"Krasnodar" o'sha mavsumda 44 ta turda ishtirok etadi, chunki Rossiya premer-ligasi ilk bor yangi tizimga o'tayotgandi. Eslatma: jamoalar 30 uchrashuvdan keyin, ikkita sakkizlikka bo'linishadi.
Elitaning yangi jamoasi ko'p turli mavsumda boshqa klublarga nisbatan yaxshiroq harakat qildi, ammo ular ikkinchi sakkiztalikdan o'rin olishdi. Endi ular premer-liganing qolgan 14ta o'yinini kuchsiz jamoalar bilan o'tkazishi kerak edi.
3. "Krasnodar" 2012/13 - triumfga tayyorgarlik
Murabbiy: Slavolyub Muslin.
Asosiy yulduzlari: Igor Smolnikov, Joazino, Yura Movsisyan.
Premer-ligadagi birinchi omadli mavsumdan keyin, jamoa oldiga katta maqsad qo'ymadi. "Krasnodar"dagi barcha jamoani FNLga tushib ketmasligini xohlardi. Kupchilikning fikricha, yuqori ligada jon saqlashga urinish omadsizlikka olib kelishini takidlaydi.
"Krasnodar" bu mavsumda o'tgan yilgi natijani yaxshilamadi va yana o'ninchi bo'ldi. Jamoa premer-ligada qolish vazifasini bajargan bo'lsada, Slavolyub Muslin jamoani tark etishiga to'g'ri keldi. Bunga sabab murabbiy jamoani o'stira olmadi. "Krasnodar" Yura Movsisyanni "Spartak"ka yaxshigina mablag'ga pullaydi va uning o'ringa braziliyalik Vandersonni olib keladi.
2. "Krasnodar" 2013/14 - Kononov jamoasi
Murabbiy: Oleg Kononov.
Asosiy yulduzlar: Andreas Grankvist, Roman SHirokov, Joazino, Vanderson, Ari.
Vanderson 2012/13 yilgi mavsumda jamoaning eng yaxshi to'purariga aylanadi va bir yildan keyin Rossiyaning eng iqtidorli hujumchilari safiga kiradi. Ari, Joazino, Vanderson ishtirokidagi braziliyaliklar uchligi raqiblar himoyasiga katta muammolarni yog'dirishni boshlaydi va ularga yarim himoya chizig'i yaxshigina yordam beradi. SHirokov, Gazinskiy va Mamaev hujumchilarni to'p bilan taminlashdan charchamasdi, ammo turli hil sabablarga ko'ra, ular birga maydonda to'p tepishmagan.
Rossiya chempionatini kuchli beshlikda yakunlagan "buqalar" yana Rossiya Kubogi finaliga ham yo'l olishadi. Finalda "Krasnodar"ga "Rostov" raqib bo'ldi. O'yindan oldin klub rahbari Sergey Galickiy - uchrashuv muhim ahamiyatga ega emasligini takidlaydi. "Buqalar" o'zining ilk finalida mag'lubiyatga uchraydi, ammo bu natija hech kimni hafa qilmaydi. Jamoa ervokuboklarda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
1. "Krasnodar" 2014/15 - Evropani zabt etish
Murabbiy: Oleg Kononov.
Asosiy yulduzlar: Andreas Grankvist, Odil Ahmedov, Joazino, Vanderson.
"Krasnodar" yangi mavsumni eng kuchli jamoalardan biri sifatida boshladi. Moskvaga yo'l olgan SHirokovning o'rniga "Anji"dan Odil Ahmedov keldi, Vanderson va Joazino esa hech qaerga ketmadi. "Krasnodar" Evropa ligasi kvalifikaciyasini omdali boshladi. "Buqalar" "Real Sosedad" maydonida kichik hisobda mag'lub bo'ladi, ammo rus davlati vakillari ispanlarni o'z uyida iliq kutib olib, 3ta gol bilan kuzatib qo'yishadi.
"Krasnodar" qiyinchiliksiz Evropa ligasining guruh bosqichiga yo'l oladi. "Buqalar" evrokubokda "o'lim guruhi"dan joy oldi. Rossiya jamoasiga guruhda "Everton", "Lill" va "Volfsburg" raqib bo'ldi. Uch turdan so'ng "Krasnodar" guruhda na favorit va na autsayder. SHu sababli ularning "muvaffaqiyati" deb nomlangan band ijobiy natija bilan to'ldiriladi degan umiddamiz.

Fikrlar