So’nggi yangiliklar

12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  9 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  27 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  5 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  3 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисини сотиб олади  0

"Krasnodar" stadioni: Rossiyadagi eng aqlli arena Yangiliklar

"Krasnodar" stadioni: Rossiyadagi eng aqlli arena

Teglar :  Krasnodar
Bir necha oy oldin Rossiya va xatto Evropadagi eng texnologik arena "Krasnodar" stadioni ochildi.

Innovaciya va texnologiya soni bo'yicha stadion Moskvadagi mashhur loyig'alar - "Spartak" va CSKA stadionlarini ortda qoldirdi. Bu erda haqiqiy Hi-Tech shaharni kuzatish tizimi tashkilotchiligi, telefon tarmoqlarining kuchliligi, katta interaktik ekran va unikal High Density Wi-Fi (tezkor Wi-Fi) tizimi bilan boshlanadi.


"Krasnodar" stadionining tashqi ko'rinishi uning texnologiyasi haqida hech narsani anglatmaydi: Buyurtmachi talabiga ko'ra, uskuna tashqaridan ko'rinmasligi lozim edi. Audio, ogohlantirish va kuzatuv tizimi, tarmoqlar hamda boshqa narsalar odamlardan berkitilgan. KROK pudrat jamoasi qurilish jarayonida ushbu ishga jalb qilindi.

"Men stadionning umumiy ko'rinishida birorta ham texnik uskuna ko'zga tashlanishini istamayman" - Sergey Galickiya ("Krasnodar" prezidenti va egasi).


Dunyoda birinchi marotaba - Wi-Fi bilan to'liq taminlash

Butun stadion hududida 2-5 Mbit/s tezlikda ishlaydigan tekin Wi-Fi arenani boshqalardan ajratib turadigan asosiy jihati hisoblanadi.


Odatda tashkilotchilar muxlislarni bir joyda yig'ilmaslikalirini taminlash uchun tashrif buyuruvchilarni Wi-Fidan cheklashadi, ammo "Krasnodar" stadionida hammasi boshqacha: "Agar muxlislar onlayn rejimida futboldan olgan iliq taassurotlarini bo'lisha olsa, uchrashuv yanada yorqin bo'ladi".


Qurilish davomida Wi-Fi uskunalarini to'g'ri o'rnatish uchun radio tadqiqot o'tkazildi. Ularning barchasi stadion konstrukciyasida yashirilgan, mutaxassislardan boshqa hech kim uni topa olmaydi. Uskunalar 2-5 Mbit/s tezlikdagi Wi-Fi ga bir vaqtning o'zida 12 500 ta ulanishni taminlaydi.

"Zenit"ga qarshi bahsda 9500 ta ulanish qayd etildi - tashkilotchilar bepul Wi-Fi ni katta mediaekranda reklama qilishdi. Ayni damda o'rtacha ulanishlar soni kam.


Barcha operatorlar uchun uyali aloqa tarmog'i

Wi-Fi dan tashqari stadionda alohida antenna ajratilgan, u ko'p sonli foydalanuvchilarga moslangan uyali aloqa operatorlarining ish faoliiyatini taminlaydi.

"Bir vaqtning o'zida Wi-Fi va uyali aloqa tarmog'i ishlab turishi noto'g'ridek ko'rinishi mumkin, ammo tizim tashkilotchilarining so'zlariga ko'ra, tashrif buyuruvchilarda tanlov imkoni bo'lishi kerak"



Stadion uchun chiqarilgan mobil ilova (prilojenie)

KROK kompaniyasi stadion muxlislari va ishqibozlar uchun mobil ilova chiqarishdi. Ilovada ko'plab xizmatlar mavjud: Video tomosha qilish, uchrashuv haqida yangiliklar va turli eslatmalar, onlayn rejimida o'yin statistikasi, jamoalar tarkibi va hokazo. Ilova va tekin internet stadion va muxlislarga qo'shimcha muloqot kanalini yaratadi. Masalan, ovqat, ichimlik, keyingi o'yinlar uchun chiptalar sotuvi yoki kerakli sektorni tezda topish.


Minglab kamera va sensorlar

Audio ogohlantirish va video kuzatuv tizimlari (Bosch kameralari) yorug'lik tarqatuvchi ustunga o'rnatilgan, kameralar 360 gradusga aylanib, stadiondagi barcha voqealarni kuzata oladi.


KROK kompaniyasi arenaga malumotni SBM - Stadion Boshqaruv Markaziga uzatuvchi 1000 ta kamera o'rnatgan (asosan Bosch kameralari). UEFA tomonidan xavfsizlik choralari kuchaytirish talab etilsa ulardan to'liq foydalanish mumkin: Masalan, xavfli hisoblanayotgan tashrif buyuruvchining yuz tuzilishini aniqlashda.


Stadionning translyaciya uskunalari o'yinni real vaqt rejimida stadion hududida bo'lgan 300 ta raqamli ekranga uzatish imkonini beradi.



"Aqlli shahar"ning bir qismi

KROK tomonidan yaratilgan SBM stadionning videokuzatuv, yong'in xavfsizligi, qo'riqlash, avtomatizaciyalashtirish tizimlariga ulangan. SBMda obek hududidagi voqealarni aks ettirib turuvchi videodevor o'rnatilgan. "Aqlli shahar"ning tizimlaridan biri - kameralar va sensorlar stadion atrofi va uning yo'lakchalaridan barcha voqealarni kuzatish imkonini beradi.





Dunyodagi eng yirik aylana ekran

"Krasnodar" stadionining eng yorqin ustunliklaridan biri - o'yin haqida malumot, videoroliklar yoki reklama namoyish etiladigan aylana mediaekran. Ekrandagi barcha videorolik yoki malumotlar televizion hududdan uzatiladi. Unga buzib kirish va ekranda turli suratlarni aks ettirishning iloji yo'q, u internetga ulanmagan.





Rossiya uchun xususiy loyiha

Stadioning bunday jihozlanish saviyasi - kelajakda shunday inshootlar loyihalashtirishga nazar tashlashdir. Ko'ramiz, foydalanuvchi uchun bunday ochiq tizim o'zini qanday ko'rsatar ekan. Tezkor Wi-Fi yoki telefon tarmog'i, elektoron hisoblagichlar orqali to'liq avtomatlashtirilgan stadionga kirish, videokuzatuv uchun mingta kamera, infraqizil isitgich - ro'yxatni davom ettirish mumkin.




Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика