So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

"Krasnodar" PFK Pavel Mamaev bo'yicha rasmiy bayonot berdi Yangiliklar

"Krasnodar" PFK Pavel Mamaev bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Rossiyaning "Krasnodar" futbol klubi jamoa yarim himoyachisi Pavel Mamaev qilgan bezorilik bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

Gap shundaki, kecha "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin va "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev o'rtoqlari bilan mast holda tungi klubdan chiqishgan va bezorilik qilib ko'chada turgan mashinalarni tepa boshlashgan. Mana shunday mashinalardan biri "Mersedes" rusumidagi avtoulov bo'lib, "Birinchi kanal" boshlovchisi Olga Ushakovaga tegishli bo'lgan. 

SHunda mashina haydovchisi kelib yoshlarga gap uqtirishni boshlagan va jim yurishlarini so'ragan. Biroq futbolchilar uni eshitmay do'pposlashga tushishgan. Futbolchilardan biri uning boshiga urgani uchun haydovchi miya chayqalishi tashxisi bilan kasalxonga yotqizilgan. Bundan tashqari ikkala zo'ravon Moskva kafelaridan birida ovqatlanib o'tirgan mansabdor shaxsni ham urishgan. 

Bo'lib o'tgan voqealardan so'ng "Krasnodar" futbol klubining bayonoti quyidagicha bo'ldi:

"Biz klub futbolchisiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan holat bilan birinchi bor ro'baro' keldik. Videoda ko'ringan holat nihoyatda ayanchli, bu har qanday kishining g'azabini keltiradi. SHu bois bu vaziyatni hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Klub avvalo yuz bergan voqeani to'liq o'rganib chiqadi hamda futbolchining shartnomasida keltirilgan bandlar bo'yicha ish ko'radi. Biz avvalo futbolchi bilan shartnomani qanday bekor qilish haqida o'ylayapmiz. Afsuski, shartnomalar shunday tuzilganki, ularning aksariyati professional futbolchilar foydasiga xizmat qiladi. Lekin klub futbolchiga nisbatan jazo berish uchun bor imkoniyatini ishga soladi".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика