"Krasnodar" darvozaboni tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Parijga etib bordi
29 may 2024 11:33
Yangiliklar


"Krasnodar" darvozaboni tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Parijga etib bordi
"Krasnodar" darvozaboni Matvey Safonov Parijda bo'lib turibdi.
Malumotlarga qaraganda, u tez orada PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Golkiperga 5 yillik shartnoma taklif qilingan va futbolchi "Krasnodar"ning roziligi bilan Parijga uchib borgan. Xabar qilinishicha, klublar to'liq kelishuvga erishib ulgurgan.
Agarda tibbiy tekshiruvlarda hech qanday muammo uchramasa, Franciyada transfer oynasi 1 iyulda rasman ochilgach, ushbu kelishuv elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Safonov yakunlangan mavsum RPLda 30ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 27ta to'p olib chiqdi va 11ta "quruq" o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar