So’nggi yangiliklar

20:46Максим Шацких: "Қўлда валидол ушлаб томоша қиладиган ўйин бўлди"  0 20:27"Ал Иттиҳод" бош мураббийи "Бавария"да иш бошлаши мумкин  0 20:20Суперлига. "Пахтакор" — "Металлург" 4:3. Highlights  0 20:10Суперлига. ОКМК - "Насаф" 2:4 (матнли трансляция)  32 20:01Суперлига. 7 та гол урилган ўйинда "Пахтакор" "Металлург"дан устун келди  64 19:30"Байер" "Жирона" сардорига қизиқиш билдирмоқда  0 19:05"Гвардиола "Бавария"га қайтишни режалаштирмаяпти"  1 17:54Беллингем ва Зидан "Реал"га "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олишни маслаҳат беришмоқда  8 17:30"Арсенал"нинг икки футболчиси ҳам Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 16:56Дензел Думфрис "Манчестер Юнайтед"га ўтишни истамоқда  5 16:30Лондоннинг икки клуби Тоунини сотиб олмоқчи  0 16:06"Челси" 75 миллион фунтга Украина термаси футболчисини сотиб олиши мумкин  3 15:45Рубен Аморим "Спортинг"да қолади  1 15:26Тео Эрнандес "Бавария"га ўтиши мумкин  1 15:02Лопетеги "Вест Хэм" билан келишиб олди  1

Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubining yangi azosi Temurxo'ja Abduxoliqov 29 yoshda Yangiliklar

Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubining yangi azosi Temurxo'ja Abduxoliqov 29 yoshda

Bugun "Lokomotiv" va O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Istedodli hujumchi 29 yoshni qarshi oldi. Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" bahsida Temurxo'ja raqib darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Aynan shu gol uning O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi, Osiyo chempionlar ligasi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasidagi jami gollari sonini 100taga etkazib, Temurxo'ja Abduxoliqov ham Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga rasman qabul qilindi. 

Aytish mumkinki, uning gollari 100tadan oshdi ham. Negaki o'tgan turda "Buxoro" bilan kechgan bahsda Temurxo'ja yana to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Lokomotiv" 3:1 hisobida zafar quchgan o'yinda Abduxoliqov 15-daqiqada hisobni ochdi. U raqib darvozabonini mohirona aldab o'tgan holda to'pga ohista, biroq ayyorona zarba berib darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.



100ta gol uchun bosib o'tilgan yo'l

Temurxo'ja Abduxoliqovga 100lik marrani zabt etishi uchun 10 yil kerak bo'ldi. U oliy ligadagi ilk golini 2011 yil "Paxtakor" safida "Qizilqum" bilan kechgan uchrashuvda urgandi. Umumiy hisobda Temurxo'ja shu paytgacha O'zbekiston chempionatida 72ta, O'zbekiston Kubogida 14ta, Osiyo chempionlar ligasida 13ta va milliy terma jamoamiz safida 2ta gol urgan. Temurxo'ja Abduxoliqov ichki musobaqalarda ikkita jamoa - "Paxtakor" va "Lokomotiv" libosida o'ynab shunday natija qayd etgani etiborga molik. 

Temurxo'ja OCHLda qaysi jamoalarni xafa qilgan?

Ctatistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, Temurxo'ja Abduxoliqov shu paytgacha Osiyo chempionlar ligasida 13ta gol urganini aytib o'tdik. Mana shu 13ta golni u "Al Arabi" (Qatar, 2ta gol), "Al Vahda" (BAA, 2ta gol), "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni, 2ta gol), "Al Rayan" (Qatar, 2ta gol), "Al Ittifoq" (Saudiya Arabistoni, 1ta gol), "Al Nasr" (BAA, 1ta gol), "Al Sadd" (Qatar, 1ta gol), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni, 1ta gol) va "Sepaxon" (Eron, 1ta gol) kabi klublar darvozasiga kiritgan.

Temurxo'ja ilk bor 2011 yil "Paxtakor" safida OCHL o'yinlarida maydonga tushib, o'zining dastlabki golini "Al Sadd" darvozasiga kiritgan. 2012 yil Qatarning "Al Arabi" klubi bilan kechgan bahslarda esa 2 bor raqib darvozabonini ranjitgan. 2013 yil ham "Paxtakor" libosida xalqaro maydonlarda o'zini ko'rsatib Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" darvozasini bir bor ishg'ol qilgan.

Istedodli hujumchi 2015 yil "Lokomotiv"ga ko'chib o'tdi. Bungacha esa 2014 yilni Xorvatiyaning eng nomdor klublaridan biri "Xayduk"da o'tkazgandi. Abduxoliqov 2015 yil OCHL bahslarida faqat bitta gol urgan, lekin bu gol Osiyoning eng nomdor klubi "Al Hilol" darvozasiga kiritilgani etiborga molik. 2016 yilga kelib Temurxo'ja OCHLda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi: "Al Ittihod", "Sepaxon" va "Al Nasr" klublari darvozasi bir martadan ishg'ol qilindi. 

SHundan so'ng faoliyatini bir muddat Qatarning "Al Sayliya" klubida davom ettirgan hujumchi "Lokomotiv"ga qaytgach, o'tgan yil Osiyo chempionlar ligasida 5ta gol urishga erishdi. U "Al Vahda" va "Al Rayan"ga ikkitadan, "Al Ittihod"ga esa bir bor to'p kiritdi.



Abduxoliqovning O'zbekiston chempionatidagi gollari

Quyida Temurxo'janing O'zbekiston chempionatida kiritgan to'plari haqida fikr yuritamiz. Bunda qaysi jamoalarga qarshi jami nechta o'yinda maydonga tushib, qancha gol urgani haqida so'z boradi. 

"Buxoro"ga qarshi - 12 o'yin, 8 gol. 

"Navbahor"ga qarshi - 15 o'yin, 7 gol.

"Andijon"ga qarshi - 11 o'yin, 6 gol.

"Mashal"ga qarshi - 8 o'yin, 6 gol.

"Neftchi"ga qarshi - 11 o'yin, 6 gol.

"Dinamo"ga qarshi - 7 o'yin, 5 gol.

"SHo'rtan"ga qarshi - 8 o'yin, 5 gol.

"Qo'qon-1912"ga qarshi - 7 o'yin, 4 gol.

"Qizilqum"ga qarshi - 8 o'yin, 4 gol.

"Nasaf"ga qarshi - 14 o'yin, 4 gol.

"So'g'diyona"ga qarshi - 10 o'yin, 4 gol.

"Bunyodkor"ga qarshi - 15 o'yin, 3 gol. 

"Metallurg"ga qarshi - 13 o'yin, 3 gol.

AGMKga qarshi - 9 o'yin, 2 gol.

"Guliston"ga qarshi - 1 o'yin, 1 gol.

"Lokomotiv"ga qarshi - 3 o'yin, 1 gol.

"Obod"ga qarshi - 2 o'yin, 1 gol.

"Paxtakor"ga qarshi - 9 o'yin, 1 gol.

"Surxon"ga qarshi - 3 o'yin, 1 gol. 



Gollarni qachon urgan? 

Temurxo'ja Abduxoliqovning O'zbekiston chempionatidagi debyuti 2011 yilga to'g'ri keladi. O'shanda u "Paxtakor" safida 3ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi: "Qizilqum", "Navbahor" va "SHo'rtan" klublari darvozasini bir martadan nishonga olgan. 2012 yil "Andijon"ga qarshi bahsda esa chempionatdagi ilk xet-trikini nishonlab raqib darvozasiga uchta to'p kiritgan. SHuningdek "Dinamo" va "Neftchi" jamoalariga ikkitadan gol urgan. AGMK, "Buxoro", "Qizilqum", "Lokomotiv", "Mashal" va "Metallurg" bilan bellashuvlarda bir martadan o'z hisobiga gol yozib qo'ygan. 

2013 yilga kelib Temurxo'ja navbatdagi xet-trikini qayd etadi. Bu safar u bir o'yinda "SHo'rtan" darvozasiga uchta to'p kiritgan. Qolaversa, "Bunyodkor", "Guliston", "Dinamo" darvozalariga bittadan gol urgan. 2015 yildan Abduxoliqovning "Lokomotiv"dagi faoliyati boshlandi. U o'sha yil "Navbahor" darvozasini ikki bor ishg'ol etib, "Bunyodkor", "Qo'qon-1912", "Mashal", "Neftchi", "So'g'diyona" va "SHo'rtan" jamoalariga bittadan gol urdi. 



2016 yil u bir bor xet-trik va 4 marta dubl qayd etgan. Temurxo'ja "Mashal" darvozasiga bir o'yinda 3ta (har ikki bahsni qo'shib hisoblaganda 4ta) gol urishdan tashqari "Nasaf", "So'g'diyona", "Andijon" va "Navbahor" bilan kechgan bahslarda o'z dubllarini nishonlaydi. Umumiy hisobda u o'sha mavsum "Mashal"ga 4ta, "Nasaf"ga 3ta, "So'g'diyona"ga ham 3ta, "Andijon", "Metallurg", "Navbahor", "Neftchi"ga ikkitadan hamda "Buxoro", "Qizilqum", "Obod" va "Paxtakor"ga bir martadan gol urgan.

2017 yilni Qatar chempionatida o'tkazgan Temurxo'ja Abduxoliqov keyingi mavsum yana "temiryo'lchilar" safiga qaytib "Buxoro" darvozasini 3 bor, "Bunyodkor", "Navbahor" va "Neftchi" jamoalari darvozasini bir martadan aniq nishonga oldi. Uning o'tgan yilgi ko'rsatkichi quyidagicha bo'ldi: "Dinamo" bilan "Qo'qon-1912"ga 2tadan gol, AGMK, "Andijon", "Buxoro", "Qizilqum", "Navbahor", "Nasaf" va "Surxon" bilan kechgan o'yinlarda esa bittadan gol. Bu mavsum Temurxo'ja hozircha Superligada 3ta gol urdi: "Buxoro" darvozasiga ikkita va "Qo'qon-1912" bilan kechgan o'yinda 1ta.



O'zbekiston Kubogidagi gollari

Temurxo'ja Abduxoliqov shu paytgacha O'zbekiston Kubogida o'z hisobiga 14ta gol yozib qo'yganini yuqorida aytib o'tdik. SHundan 6tasini "Paxtakor", 8tasini esa "Lokomotiv" tarkibida amalga oshirgan. U 2012 yilgi Kubok o'yinlarida "Bunyodkor", "Andijon" va "Navbahor" darvozasini bir martadan aniq nishonga olgan. 2013 yil "Guliston"ga qarshi o'tkazilgan ikkita bellashuvda uchta gol urgan. "Lokomotiv"ga o'tgach 2015 yil "Navbahor" darvozasiga ikki marta, 2016 yil "Mashal"ga 3ta, "O'z-Dong Ju"ga 2ta hamda "Nasaf" darvozasiga bir bor to'p kiritishga erishdi. 



Terma jamoada ikkita gol 

Abduxoliqov O'zbekiston milliy terma jamoasida ikki bor gol muallifi bo'lgan. U 2017 yil Tailand hamda 2019 yil KXDR bilan kechgan o'yinlarda bir martadan o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Umumiy hisobda esa uning gollari 101taga etdi va faoliyati davomida 4 bor xet-trik hamda 9 marta dubl qayd etgan. O'ylaymizki, bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Temurxo'ja Abduxoliqov hali ko'plab gollar uradi. Unga sihat-salomatlik bilan bir qatorda keyingi faoliyati yanada yorqin kechishini tilab qolamiz. 


X.Xoliqov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика