KPR Xoylettni yanvarda qo'yib yuborishga tayyor
17 dek 2014 10:00
Yangiliklar

KPR Xoylettni yanvarda qo'yib yuborishga tayyor
"Kuinz Park Reyndjers" o'z yarim himoyachisi Junior Xoylettga qishda "Loftus Road"ni tark etishga ruxsat beradi.
Kanadalik futbolchiga Premer-Liga top-klublari qiziqqandi, biroq 2012 yil Junior "Blekbern"dan KPRga o'tgandi. 24 yoshli futbolchi Xarri Rednapp jamoasida o'zini deyarli ko'rsata olmadi.
Goal nashrining xabariga ko'ra, Rednapp Xoylettni qo'yib yubormoqchi emas, biroq uning doimo maydonga tushish istagiga qarshi bormoqchi emas. SHu bois "obruchlar" Junior borasidagi taklifni ko'rib chiqishga tayyorlar.
Xoylettga "Everton", "Sanderlend", "Vest Xem", "Sautgempton", "Lester" va "Suonsi" kabi klublar qiziqishmoqda.

Fikrlar