So’nggi yangiliklar

11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  0 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  5 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  12 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4

Ko'zi yoshlangan “qaldirg'och”, Kapadze uchun so'nggi bekat yoxud final Yangiliklar

Ko'zi yoshlangan “qaldirg'och”, Kapadze uchun so'nggi bekat yoxud final

Qish keldi, havo juda sovuq.


Bu sovuq havoda issiqqina xonada o'tirishdan yaxshisi yo'q. Futbol ko'rgisi kelgan odam uchun esa bunday sovuqda televizor eng qulay variant. Aksiga olib futbol vaqti kunning qoq o'rtasida. Kimdir ishda, kimdir o'qishda, qisqa qilib aytganda, hamma o'z tashvishlari bilan band. Finalga kimdir ishi tufayli, boshqa birov sovuq sabab kelolmasligi mumkin.
O'zbek futboliga befarq bo'lmagan va bugungi finalga kirish imkoniyatiga ega bo'lgan muxlislar ahamiyati jihatidan mavsumning eng muhim uchrashuvini stadiondan kuzatishlariga ishongim keladi.

"Lokomotiv" "oltin dubl" qayd etish bo'yicha dubl qilmoqchi. Jamoa etaksichi va sardori Timur Kapadze uchun esa yanada ahamiyatli o'yin. "Loko" futbolchilari avvalo O'zbekiston kubogi uchun, shuningdek, jamoadoshlari, akalari Kapadze uchun ham ikki hissa kuch bilan o'ynashlariga shubha yo'q. Finalda "Lokomotiv" tarafdorlari ham ancha ko'paygan.

Kimdir Kapadzeni futbolchilik faoliyatidagi so'nggi bahsi bo'layotgani uchun "Loko"ga muxlislik qilishi mumkin. Har holda O'zbekistonda Kapadzening muxlislari ham etarlicha topiladi.

"Paxtakor" muxlislari ham o'z suyuklilarini kelasi mavsumda OCHLda o'ynashni istashadi va shu boisdan ham bugun stadiondan turib "temiryo'lchilar"ni qo'llab-quvvatlashlari aniq.

Qarshida ham 30 yanvar kuni "Markaziy" stadionda OCHL pley-off o'yini o'tkazilishini ("Lokomotiv" g'alaba qozonsa, unda "Nasaf" OCHL pley-off o'yinini o'z maydonida, Iordaniya jamoasiga qarshi o'tkazadi. Aksincha bo'lsa, unda Qatarga safar uyushtirishadi) istovchilar ancha ko'p. "Nasaf" ishqibozlari ham tabiiyki "Lokomotiv"ga muxlislik qilishadi.

Ayni paytda "Lokomotiv" ichki chempionatdagi barcha sovrinlarni begona qilmayapti va jamoa bu borada tezlikni oshirmoqda. Tarkib, mahorat va futbolchilar tanlovi bo'yicha "Loko"ga teng keladigan jamoani topishni imkoni yo'q.

Kayfiyat ham joyida. "Lokomotiv" allaqachon g'oliblik ruhiga burkangan jamoaga aylanib ulgurdi. Bir so'z bilan aytganda, "temiryo'lchilar" yutqazishni unutib qo'yishdi. Bunda Mirko Yelichich va Andrey Mikyalevning xizmatlarini ham alohida qayd etish lozim.


SHunday tasavvur uyg'onadiki, finalda "Loko" yaqqol favoritmi? Ko'pchilik ha, deyishi mumkin va bunga asoslar etarlicha topiladi.

"Bunyodkor"chi? O'rinli savol.

Keling ushbu savolga javob izlab ko'ramiz. Oxirgi yillarda "Bunyodkor" ancha yoshartirildi. Har yili mavsumni sovrinsiz yakunlamaydigan "qaldirg'ochlar"ni so'nggi yillarda parvozi pasaydi. Lushan yoshlar bilan sovrin yutib berolmadi. Lekin bir qancha istedod va iqtidorlarni chiqarib berganini unutmaslik kerak.

"Bunyodkor"ning hozirgi kundagi yagona ishongan tog'i Mirjalol Qosimov jamoaga kelgach birinchi qilgan ishi futbolchilarga yoshlikdagi "sho'xliklar"ni unutish kerakligini tushuntirish bilan boshlandi.

Futbolchilarga g'oliblik ruhi, xarakter paydo qilishga chog'langan Qosimov yosh "qaldirg'ochlar"dan tezroq ulg'ayishni talab qildi. Ularni katta futboldagi chinakam hayotga boshladi, deyish mumkin.

Zo'r o'ynab, yutqazishga ko'nikib qolayotgan jamoani natijaga o'ynashga o'rgatdi. Egnidagi libosning qiymati, klub imiji kabi masalalarga to'xtaldi.
"Bunyodkor" logotipi ostida o'ynash masuliyatini tushuntirdi. Qosimov kelgan payt chempionatda 13-o'rinda turgan jamoa yakunda mavsumni 4-o'rinda tugatdi.
Murabbiy kelganidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida Qosimov "Bunyodkor" har qanday sharoitda ham yuqori maqsadlarni ko'zlashini va jamoa OCHL yo'llanmasiga kubok orqali erishishga harakat qilishini malum qilgandi.


"Bunyodkor" jamoasi chempionatda ham balki sovrindor bo'lishi mumkin edi. Agarda hakamlarning qo'pol xatolari ularga qimmatga tushmaganida. Lekin mag'rur murabbiy hecham boshqa gapga chechan hamkasblariga o'xshab hakamlar ularni nechta gollarini hisoblamaganiyu, ularni ishiga baho berish bilan chalg'imadi. Alamli o'yinlardan keyin ham indamadi.

O'sha uchrashuvlarni tezda unutib, yangi bahsga taraddud ko'rishni maqul ko'rdi. Oliy liganing oxirgi bellashuvida futbolchisi Rustam Ashurmatovni yig'latgan penaltidan keyin murabbiy yosh shogirdini almashtirdi va kiyinish xonasiga kirishidan oldin unga nimalarnidir gapirdi, uni yupatdi.

Kechagi matbuot anjumanida ham "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda raqibini simulaciya ishlatganida "aybdor" bo'lgan Rustam Ashurmatovni olib kelgani bejiz bo'lmasa kerak.
Qosimov aytdiki, o'sha vaziyat Ashurmatovni yanada kuchli qilgan.

Bu ham Ashurmatovni finalga tayyorlashda yanada ko'maklashishi, qo'shimcha kuch berishi mumkin. Ko'zlari yoshlangan Ashurmatov finalda "Lokomotiv" bilan hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega. Finaldan keyin kimning ko'zi yoshlanadi, buni o'shanda ko'ramiz.

Aytmoqchi bo'lganim, bir chekkada yolg'izlanib qolgan "qaldirg'ochlar" uchun mavsumdagi eng muhim bahs eshik qoqmoqda.

"Lokomotiv" uchun ham final va tabiiyki muhim. Lekin ahamiyat jihatdan "Bunyodkor" uchun qadri balandroq, qiymati yuqori. "Lokomotiv"ning tarkibi qanchalik kuchli va tajribali ekanligini qayd etdik. "Bunyodkor"da esa aksincha. Hozirgi tarkibdan Zuhurov, G'ofurov, Ibrohimov va Gadoev O'zbekiston kubogiga ega chiqqan. Aynan shu to'rttala futbolchida sovrin mavjud. Qolgan futbolchilar esa hali katta futbolda hech narsaga erishishgani yo'q.

Qosimov aytganidek, bugun ularni faoliyatida yangi sahifa ochilishi mumkin. Yosh futbolchilar esa jamoaga Qosimov kelganidan keyin dadil gapira boshlashdi. Final barcha alamli o'yinlar, ko'z yoshlar uchun "qaldirg'ochlar" hisob-kitob qilib olishlariga ajoyib imkoniyat taqdim etadi. Qosimov joriy mavsumdagi bazi o'yinlardagi nohaqliklar uchun ham jamoasini o'zgacha ishtiyoq bilan finalga tayyorlashiga shubha qilmayman. "Bunyodkor" ustozi murabbiylikdagi salohiyatini bugun yana bir bor ishga solishi zarur.

Qosimov "Bunyodkor"ning yangi avlodini, parvozi pasaygan "qaldirg'ochlar"ni yana uzoq parvozga jiddiy tayyorlagani aniq. Murabbiylikdagi qisqa tanaffusdan keyin sovringa "chanqoq" bo'lgan Qosimov uchun bu final o'zgacha ahamiyat kasb etadi.

Aynan mana shu faktorlar "Bunyodkor"ni finaldagi imkoniyatlarini past baholamaslik hamda "Lokomotiv"ni yaqqol favorit, deb hisoblamaslik uchun etarli.

Futbolda, ayniqsa finalda har doim imkoniyatlar teng bo'ladi. Muhimi, hissiyotlarga boy, unutilmas va qiziqarli final guvohiga aylansak bo'lgani.

Ha-ya, aytgancha, issiqroq kiyinib oling, 15:00da boshlanadigan o'yin “lotoreya” tufayli 18:00gacha cho'zilib ketishi mumkin. Ahir bugun finalku...


Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика