So’nggi yangiliklar

10:40Европанинг ТОП клуби Кевин Де Брюйнега қизиқиш билдирмоқда  0 10:05Модрич фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  1 09:30Sofascore. Москва дербисида Файзуллаев қандай баҳо олди?  2 08:58«Реал»нинг «Арсенал»га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  10 08:23Клаудио Раньери кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  4 07:53Sofascore. Кечаги учрашувда қаҳрамонга айланган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:25Элдор Шомуродов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  7 02:48Вадим Абрамов: "Станоевич бошқа позицияда ўйнамоқда. Ҳимоядаги муаммоларимиз туфайли шундай ўйнашга мажбур бўляпмиз"  5 01:39А Серия. Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинда захирадан тушиб, гол урган ҳолда "Рома"ни мағлубиятдан қутқариб қолди!  40 01:30Миржалол Қосимов: "Ҳар бир зарба голга айланганида, мухлислар стадионга келмай қўярди. Ўз вақтида мен ҳам уч ёки беш дақиқагина ўйнаганман"  2 00:45Кьеза "Ливерпул"ни А Сериянинг топ клубига алмаштириши мумкин  2 00:11Расман: Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси – Жаҳон чемпионатида  19 23:30РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаев 66 дақиқа ўйнади  57 23:21Ислом Исмоилов: "Хитой ютишимиз керак бўлган жамоалардан бири эди"  4 23:00U-17 Осиё кубоги. Хитой – Ўзбекистон 1:2  7

Ko'za kunda emas, kunida sinadi. Pro ligada projektorlar muammosi yoxud Superligaga yaqin jamoalarning stadioni tayyormi? Yangiliklar

Ko'za kunda emas, kunida sinadi. Pro ligada projektorlar muammosi yoxud Superligaga yaqin jamoalarning stadioni tayyormi?

Teglar :  Pro liga
Pro ligada Superliga yo'llanmasi uchun kurash nihoyatda qizg'in ravishda ketmoqda.

 Intriga kuchli, har bir ochko oltinga teng. Bu esa kishini xursand qilmay qolmaydi. Lekin shunday muammolar borki, bularga ko'z yumib ketish qiyin. Zero mazkur kamchiliklar keyinchalik baribir klubning oyog'iga bolta uradi. Ko'za kunda emas, kunida sinadi. Bugungi kunda g'alabalardan sarmast bo'layotgan ayrim jamoalar keyingi mavsum uchun projektor masalasini hal qilsa yutsa yutadiki, aslo yutqazmaydi. Xo'sh, bugungi kunda Pro liga klublari maydonlaridagi  projektorlari qanday holatda?

"Andijon"

Pro liga turnir jadvalida etakchilik qilayotgan "Andijon" klubining shu kunga qadar ko'plab muammolarni bartaraf etgani, jamoaga ko'tarinkilik olib kirgani tahsinga loyiq. Lekin bir necha yillardan beri klubni qiynab kelayotgan projektor masalasi hali hamon to'liq hal bo'lgani yo'q. Ushbu yo'lda ishlar hali cho'qqisiga chiqdi, deya olmaymiz. Bugungi kunda "Andijon" uy uchrashuvlarini qabul qiladigan "Sog'lom avlod" stadioning yoritish darajasi 200 lyuksni tashkil qiladi. Bu past natija hisoblanishi malum. OCHL licenziyasi va Superliga uchun norma 1800 lyuksni tashkil qiladi. Agarda mavsum yakunida jamoa Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan taqdirda, bu kamchilik hal etilmasa, keyingi yil mezbon maqomida boshqa stadiondan foydalanishiga to'g'ri keladi. 

"Superligaga qaytishga asosiy davogarmiz. Mavsum oxiriga qadar projektorlarni belgilangan talabga etkazish yo'lida izchil harakat ketyapti. Buningsiz iloji yo'q. Klubimiz rahbari harakatlarni boshlagan",- deydi klub matbuot xizmati.

 


"Turon" 

Yaypandagi "O'zbekiston" arenasi joriy yilda bir nechta klublarning joniga oro kirayotganini barcha ko'rib turibdi. Maydon sifati yaxshi, projektor masalasiga klub o'tgan yildayoq nuqta qo'yib bo'lgan. Stadionning projektori 1900 lyuks. Bu Pro ligadagi eng yaxshi 2ta ko'rsatkichdan biri bo'lib turibdi. Demak "Turon"ga ortiqcha to'xtalishga hojat yo'q. 



"Mashal"

Muborakliklarda ham Superligaga qaytishga harakat yomon ketmayapti. Ular turnir jadvalida 3 o'rinda ketmoqda. Biroq  klub stadion projektori borasida talablarni to'liq bajarganicha yo'q. "Bahrom Vafoev" nomidagi stadionning yoritgichlari 150 lyuks hisoblanadi. "Andijon"da bo'lgani kabi bu klub ham 1800 lyuksga etkazishi lozim. "Mashal" vakillari bilan bog'langanimizda projektorlarning ikkinchi qismi keltirilganini, rahbariyat ish olib borayotganini va mavsum so'nggiga qadar bu muammo bartaraf etilishini malum qilishdi. Demak biroz bo'lsada oldinga siljish bor.


"SHo'rtan"

Klub G'uzordagi "Markaziy" o'yingohga so'nggi yillarda etiborni oshirishi natijasida projektorlarini 1300 lyuksga yaqinlashtirib oldi. Mazkur arena shom vaqtidan keyin ham o'yinlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. "SHo'rtan" keyingi yillarda Superliga uchun jiddiy kurashga qo'shilsa, yanada yaxshilashi darkor. 



"Buxoro"

Nihoyat "Buxoro" ikki yildan so'ng o'z uyiga qaytdi. Buning uchun ancha yo'l bosib o'tishgani haqiqat. Futbolchilar, murabbiylardan qarzlarni qoplash bilan bir qatorda arena qayta foydalanib topshirishga jiddiy kirishildi. Klub nafaqat maydon chimi, balki projektorlarini yaxshi holatga keltirdi, 1900 lyuks. Jamoa Superligaga qaytsa hech qanday muammosi maydonidan foydalanishi mumkin. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика