"Koventri" himoyachisi MYUga qarshi yarim final haqida: "Qura yaxshi keldi, "Man Siti"ga qarshi bizda imkon bo'lmasdi"
20 mar 12:21
Yangiliklar
"Koventri" himoyachisi MYUga qarshi yarim final haqida: "Qura yaxshi keldi, "Man Siti"ga qarshi bizda imkon bo'lmasdi"
17 mart kuni Angliya kubogining yarim finaliga qura tashlandi.
20 va 21 aprel kunlari bo'lib o'tadigan yarim final bellashuvlarida muxlislar "Koventri Siti" — "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" — "CHelsi" to'qnashuviga guvoh bo'lishadi.
"Koventri"ning o'ng qanot himoyachisi Milan van Eveyk strim payti MYUga qarshi yarim final haqida fikr bildirib o'tdi.
"Qura yaxshi keldi. "Manchester Siti"ga qarshi bizda umuman imkon bo'lmasdi.
Hurmat saqlagan holda, "Manchester Yunayted" - top klub. Lekin, ularda bazida omadsiz o'yinlar bo'lib turadi", - degan van Eveyk.
"Koventri" "Manchester Yunayted"ga qarshi 20 aperl kuni "Uembli"da bahs olib boradi.
Fikrlar