Kovach: "Mbappega 3-4 futbolchini biriktirib qo'ygandim"
22 fev 2021 13:50
Yangiliklar


Kovach: "Mbappega 3-4 futbolchini biriktirib qo'ygandim"
"Monako" bosh murabbiyi Niko Kovach Franciya chempionatida PSJ ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"O'yindan mamnunman. PSJ juda kuchli jamoa. Butun bir o'yin davomida g'alabaga loyiqligimizni isbotlash uchun harakat qildik. Raqiblarda vaziyatlar ko'p bo'lmadi, shu sababli futbolchilarimni tabriklashim mumkin.
O'yin rejasi? Biz Mbappeni qurolsizlantirishimiz kerak edi, chunki u dunyoning eng zo'r futbolchilaridan biri. Unga 3-4 futbolchini biriktirib qo'ydim va ular to'p Mbappegacha etib bormasligini taminlashdi.
Himoyada yaxshi o'yin ko'rsatdik va raqiblarga vaziyat yaratishi uchun imkoniyat qoldirmadik. Ushbu mavsumda ikkinchi marta ham PSJni yutganimizdan xursandman", - dedi Kovach.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar