

Ushbu bahsda "Ayntraxt" "Bavariya"ni 3:1 hisobida g'alaba qozondi va bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Qiziqarli kechgan o'yindan so'ng "Ayntraxt" jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovach o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ayntraxt" g'alaba qozonishni xohlagandi va yakunda shunday bo'ldi. Ajoyib 2,5 yil uchun klubga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu yerda meni o'z o'g'lidek qabul qilishdi. Hurmat qilishdi va yaxshi ko'rishdi. Men muxlislarimizni, shaharni va klubni yaxshi ko'raman", - deydi Niko Kovach



