Koutinoning agenti: "Soxta xabarlar tarqatishni to'xtatinglar"
13 iyu 2019 20:45
Yangiliklar


Koutinoning agenti: "Soxta xabarlar tarqatishni to'xtatinglar"
"Barselona" klubida to'p tepayotgan Filippe Koutinoning agenti Kia Jurabchian uning mijozi ushbu yozda kataloniyaliklar safida bo'lishini malum qildi.
"Menga Koutinoni sotmaslikka qaror qilishganini aytishdi. Koutinoning ketishi mumkinligi haqdagi mish-mishlar - odatiy yolg'on xabarlar. Bu kabi soxta xabar tarqatishni bas qilinglar. "Barselona" Fillippeni sotmoqchi emas. Men odamlar boshiga kelgan har qanday narsani yozishi va gapirishiga yo'l qo'ymayman. Klub rahbariyati Koutinboni o'z rejalariga kiritgan", - deydi futbolchining agenti Kia Jurabchian.
O'tgan mavsum Koutino LaLiganing 34 o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar