Koutino: “Jerrarddan ko'p narsani o'rganganman”
12 jan 2022 09:00
Yangiliklar
Koutino: “Jerrarddan ko'p narsani o'rganganman”
“Stivi bilan ko'p gaplashdim va u menga klubning maqsadlari haqida aytib berdi. Bu erdaligimdan juda baxtiyorman va futboldan zavqlanmoqchiman. Stivini ko'pdan beri taniyman. U bilan o'ynaganman va ko'p narsalarni o'rganganman.
U men juda qadrlaydigan inson. Bu erda qo'limdan kelgan barcha narsani qilaman deb umid qilaman. Albatta, qattiq mehnat qilaman va o'ylaymanki, birgalikda ko'p narsaga erishamiz.
Muxlislar bilan uchrashishni, maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Ular meni bu erdaligimdan xursandliklarini bilaman va buni his qilmoqdaman.
Doimo o'z ishimni eng yuqori saviyada bajarishni istaganman. Buning uchun har kuni borimni berib ishlayman. Umid qilamanki, mavsumning qolgan qismi alo darajada kechadi”, deydi braziliyalik.
Fikrlar