Koutino "Barselona"da qoladigan bo'ldi
06 sen 2020 12:27
Yangiliklar
Koutino "Barselona"da qoladigan bo'ldi
Xavbek Filippe Koutino faoliyatini "Barselona" tarkibida davom ettiradi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, yakunlangan mavsumni "Bavariya" tarkibida ijarada o'tkazgan braziliyalik Kataloniya klubi qarorgohiga etib kelgan va jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman futbolchiga imkon bermoqchi va boshqa klublarga qo'yib yubormoqchi emas.
Ammo klub rahbariyati futbolchi uchun so'ralayotgan 120 mln evroni to'laydigan xaridor chiqib qolsa, xavbekni sotib yuborishi hech gap emas. O'tgan yili Myunxen klubi futbolchini shuncha summaga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgandi, biroq ular bundan foydalanishmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar