Kot-d'Ivuar – Efiopiya bahsi noxush holat tufayli oxiriga etmay qoldi
30 mar 2021 21:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/628219_original.jpg)
![](/upload/storage/628219_220.jpg)
Kot-d'Ivuar – Efiopiya bahsi noxush holat tufayli oxiriga etmay qoldi
Afrika Millatlar Kubogi saralashidan o'rin olgan Kot-d'Ivuar – Efiopiya uchrashuvini muddatidan oldin to'xtatishga to'g'ri keldi.
Gap shundaki, o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganda bosh hakam CHarlz Bulu xushini yo'qotib, maydonga yiqildi. Ilk yordam ko'rsatilganidan so'ng, referi maxsus xodimlar yordamida maydondan olib chiqib ketildi.
Zaxira hakami Kot-d'Ivuardan bo'lgani tufayli asosiy arbitr o'rnini egallay olmasdi va shu sabab uchrashuv oxiriga etmay qoldi.
Qayd etish joiz, bahsda 3:1 hisobida mezbonlar g'alaba qozonib turgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar