"Kosta-rikaliklarning xarakterini ko'rsatdik" - Keylor Navas
02 dek 2022 15:26
Yangiliklar


"Kosta-rikaliklarning xarakterini ko'rsatdik" - Keylor Navas
Kosta-Rika terma jamoasi darvozaboni Keylor Navas JCH-2022da Germaniyadan uchralgan mag'lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.
"Birinchi o'yindagi (Ispaniyaga qarshi) 0:7 dan keyin qaytish oson emas. Maqsad amalga oshmaganidan xursand emasmiz, lekin bu juda yuqori daraja edi.
Kosta-rikaliklarning xarakteri va mentalitetini ko'rsatdik. Keyingi bosqichga yo'l olishimiz uchun bir necha daqiqalar etishmadi.
Biz qilgan say-harakatlarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin. Kosta-Rika ketma-ket uchinchi Jahon chempionati uchun kurashayotganidan ham faxrlanamiz. Mamlakat o'sishda davom etishi uchun bizga shunday o'yinlar kerak", – dedi Navas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar