Kosta-Rika terma jamoasi futbolchisi doping tufayli 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi
24 okt 2022 21:49
Yangiliklar
Kosta-Rika terma jamoasi futbolchisi doping tufayli 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi
Kosta-Rika terma jamoasi yarim himoyachisi Orlando Galo 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmaydi.
Manbaga ko'ra, Xalqaro futbol federaciyasi 22 yoshli futbolchini noqonuniy giyohvand moddalarni istemol qilgani uchun diskvalifikaciya qilgan. SHu sababdan Orlando bir oydan kamroq vaqt ichida Qatarda boshlanadigan jahon chempionatida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning guruh bosqichida Kosta-Rika terma jamoasi Germaniya, Ispaniya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Mundial 20 noyabr kuni start oladi, turnir finali esa 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar