Kosta 30 millionlik taklifdan keyin uch kun mashg'ulotlarda ishtirok etmadi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2017, 02:05
Dunyo transferida o'ziga xos shov shuv ko'tarayotgan Xitoy klublari “Chelsi” hujumchisi Diego Kostaga ajoyib taklif bilan chiqishdi.

Xitoyliklar Ispaniya terma jamoasi hujumchisiga yiliga 30 million funt to'lashga tayyorlar. “Chelsi” xo'jayini Roman Abramovich esa Kostani sotmoqchi emas. “Sky Sports”ning xabariga ko'ra, ushbu taklifdan keyin futbolchining o'zi uch kundan buyon jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti.

Bungacha “Chelsi”ning boshqa bir futbolchisi  Oskar Xitoy klubiga ko'chib o'tgan.  

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports