So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  7 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12

Kosmin Olariu: "Juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Kosmin Olariu: "Juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik"

OCHL 4-tur uchrashuvi "Nasaf" - "Al Ahli" bellashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Kosmin Olariu hamda futbolchi Everton Ribeyro ishtirok etdi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Everton Ribeyro ham Kosmin Olariuga hamroxlik qildi.

"Bugun biz uchun juda qiyin o'yin bo'ldi. Biz bugun uchrashuvda g'alaba qozonish uchun juda ko'p ter to'kdik. Lekin shunga qaramasdan g'alaba qozondik va bundan xursandmiz", - deydi g'alaba to'pi muallifi bo'lgan Everton Ribeyro.


"Nasaf" bilan o'yin juda agressiv tarzda kechdi. Birinchi bo'limda raqib darvozani ishg'ol eta olmaganimiz uchun, ikkinchi bo'limda yanada hujumkorlik o'yin ko'rsatishlari kerakligini futbolchilarga takidlagandim. Ular bu ishni yaxshi amalga oshirishdi va ikkinchi taymda biz katta ustunlikka ega bo'ldik. Bugun biz juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik", - deya gap boshladi Kosmin Olariu.


- Everton Ribeyroni nega boshlang'ich tarkibda kiritmadingiz?

- So'nggi paytlarda juda ko'p o'yin o'tkazayotganimiz sababli uni zaxirada qoldirgandim va bu orqali ungi biroz dam olishiga imkoniyat yaratib bergandim.

- Statistikaga ko'ra, "Nasaf" bugun 13 bor o'yin qoidasini buzdi. "Al Ahli" esa deyarli ikki barobar ko'proq, yani 25 marotaba o'yin qoidasini buzishdi. Nega bu qadar qo'pol o'ynadinglar?

- Asosiy sabab biz kuchli raqibga qarshi o'ynadik. "Nasaf" yuqori saviyadagi jamoa sanaladi. Statistika o'z yo'liga. Bugun bizga oson bo'lgani yo'q. Stadiondagi muhit mezbonlar uchun ancha foyda keltirdi. Ishqibozlarning olqishi ham "Nasaf"ga juda ko'p yordam berdi. Biz u qadar qo'pol o'ynadik deya olmayman. Bu futbol.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика