So’nggi yangiliklar

16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  0 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  3 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  1 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  13 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8 11:47Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи Котрина Кулбите: "Осиё Кубогида осон рақиблар бўлмайди"  5 11:08"Насаф" ёзги трансфер ойнасини қандай ўтказди? Скаут мулоҳазаси  6 10:27"Машъал"нинг бир нечта етакчиси бугунги учрашувда майдонга туша олмайди  7 10:05УEФА ПСЖга катта миқдорда жарима белгилади  1

Kosmin Olario: "Ertaga gol urishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Kosmin Olario: "Ertaga gol urishga harakat qilamiz"

Ertaga "Nasaf" - "Al Ahli" jamoalari o'rtasida OCHLning 4-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ayni paytda "Nasaf" Markaziy stadionining majlislar zalida ikki jamoa bosh murabbiylari o'rtasida matbuot anjumaniga hozirlik ko'rilyapti.

"Nasaf" ishtirokidagi o'yinni yoritish uchun, saytimiz vakillari Nodirxo'ja Yuldashev va SHahboz Beg'amov ham Qarshiga safar qilishgan. Bugungi matbuot anjumanini to'g'ridan-to'g'ri saytimizda o'qib boring.

Dastlab, "Al Ahli" bosh murabbiyi Kosmin Olario va futbolchisi Iso Ahmad tadbirda qatnashdilar. Biznikilardan Ro'ziqul Berdiev va Eldor Suyunov qatnashadilar.





"Avvalo bizni juda chiroyli kutib olganliklari uchun "Nasaf" futbol klubiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Professional jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Jamoa yaxshi shakillangan va tartib bilan o'ynay oladigan jamoalar sirasiga kiradi. Ertangi o'yindagi g'alaba ikki jamoa uchun o'ta muhimligini yaxshi bilib turibmiz, shunday ekan ikki jamoaga ham qiyin bo'ladi", - deydi Kosmin Olario.

Iso Ahmad esa Qarshiga faqat g'alaba uchun tashrif buyurganligini takidlab o'tar ekan, murabbiy bu borada kerakli ko'rsatmalarni berganligini takidlab o'tdi.

- Janob murabbiy, tarkibingizda yo'qotishlar bormi?
- Safimizda yo'qotish yo'q.

- Yo'qotish yo'q deb aytayapsiz, Ismoil Al Hammadi, Humeid Salmin hamda darvozabon Majid Nosir ertaga o'ynay olmaydilar. Bular siz uchun yo'qotish emasmi?
- Yo'qotish, lekin ularni o'rnini bosa oladigan o'yinchilarimiz etarlicha.





- Jamoa guruhdan chiqa olmasa, bu sizning faoliyatingizga tasir o'tkazadimi?
- Menimcha yo'q, chunki biz chempionatda chempionlik uchun kurash olib borayapmiz. Asosiy etiborni keyinchalik shunga qaratamiz.

- Birinchi o'yinda ham g'alaba uchun maydonga tushganingiz tabiiy, ammo bunga nima halaqit qildi?
- "Nasaf" juda yaxshi himoyalandi. O'yin davomida biz ko'proq hujum qildik, to'plar nisbati ham bizning foydamizga 60/40  bo'ldi. Ertaga ham shu tempmda o'ynaymiz va bu safar gol urishga harakat qilamiz.

- "Nasaf" safidagi qaysi futbolchini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lar edingiz? (savol futbolchiga)
- Jamoaning 17 raqamdagi sardori (Artur Gevorkyan)ni alohida takidlab o'tgan holda, jamoaning asosiy kuchi birdamlikda ekanligini takidlagan bo'lardim. Klub o'yinida jamoa bosh murabbiyining ishi ko'rinib turibdi.

- Jamoa BAAdagi o'yinda Artur Gevorkyanga nisbatan atayin qo'pol o'ynagandek ko'rindi?
- Yo'q, unday emas. Futbolchingiz o'yindagi oddiy epizodda jarohat oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика