So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Koronavirusning futbolga tasiri: A Seriya o'yinlari bekor qilindi, endi "Liverpul" titulsiz qoladi-mi? Yangiliklar

Koronavirusning futbolga tasiri: A Seriya o'yinlari bekor qilindi, endi "Liverpul" titulsiz qoladi-mi?

Har kuni dunyoning turli burchaklaridan ushbu kasallikka chalingan insonlar haqida va virusga oid har xil noxush xabarlarni eshityapmiz.

Xitoyda paydo bo'lgan yangi virus qisqa vaqt ichida butun dunyoga tarqalishga ulgurdi. Avvaliga ko'pchilik bu kasallikka jiddiy qaramagandi. Ammo endi u bir qator yirik sport tadbirlari to'xtatilishiga sabab bo'lmoqda.


A Seriya uchrashuvlari va Italiya Kubogi yarim final bahslari qoldirildi

Yaqinda Italiya chempionatida naqd 5ta bahs bekor qilingandi ("Yuventus" — "Inter", "Fiorentina" va "Udineze", "Milan" va "Jenoa", "Sassuolo" va "Breshia", "Parma" va SPAL). Ular 13 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda va ular bo'sh stadionlarda bo'lib o'tishi aytilgan. Bir necha kun oldin Turin va Neapol hokimiyati Italiya Kubogi javob uchrashuvlarini bekor qildi. Yarim finalda "Napoli" klubi "Inter" bilan, "Yuventus" esa "Milan" bilan bellashishi lozim edi. Hozircha uchrashuvlar nomalum muddatga qoldirildi.

"Dastlab Italiya futbol Federaciyasi hukumat maslahatiga binoan nisbatan kam zarar ko'rgan hududlar (Lombardiya, Emiliya-Romanya va Veneto) muxlislarini o'yinga kirishlariga ruxsat berdi. So'nggi malumotlarga qaraganda, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 2263taga etgan. Virus tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni esa 79ta (o'tgan kundan 27ta ko'p). Bu kabi xabarlar Italiya bahslari bekor qilinishiga jiddiy tasir ko'rsatdi" — deydi Turin hokimiyati vakillari.

Bundan tashqari, S Seriyaning "Pyaneze" klubida to'p tepadigan 3 futbolchi ham yangi virusga chalingan. Buning oqibatida klub xodimlari va barcha o'yinchilariga 15 kunlik karantin elon qilingan. SHuningdek, Italiya futboli afsonasi Alessandro Del Pero ham koronavirus yuqtirib olgani malum bo'ldi.


"Liverpul" yana APL titulisiz qoladimi?

Bunga ishonish qiyin, ammo vaziyat shuni taqozo etmoqda. The Telegraph nashrining xabar berishicha, Britaniya hukumati yaqin oylarda o'tkazilishi rejalashtirilgan barcha sport tadbirlarini to'xtatib turish masalasini muhokama qilayotgan ekan. SHu sababli, APL ham biroz tanaffus qilishiga to'g'ri keladi. Xo'sh keyinchi?! Jamoalar qoldirilgan o'yinlarini qachon o'ynab bo'ladi? Yozda buning iloji yo'q, sababi Evro-2020 bor. Ammo tanganing ikkinchi tomoni bor deganlaridek, masalaning bu tomoni haqida hech kim hech nima demadi...

Bahslarni qoldirishning natijasi ikki xil yakun topishi mumkin: hozirgi holat bo'yicha mavsumni muddatidan avval tugatish yoki hammasini yana yangidan boshlash. Xo'sh, bunday holatda "Liverpul" muxlislari aqldan ozishi va bor arz-dodini to'kib sochish uchun portal ochishi ham hech gap emas. Ha to'g'ri-da, klub bugungi natijaga erishguncha ozmuncha mehnat qildimi?

Albatta. Italiya kabi yo'l tutish varianti ham bor: maydonga muxlislarni kiritmay, chempionat o'yinlarini oxirigacha o'ynab qo'yish. SHu o'rinda bir savol tug'iladi: sport mutasaddilari va klub rahbariyati bu borada kelishuvga erisha olarmikan? "Liverpul" ishqibozlari ularning sevimli klubi chempion bo'lishi uchun kun bo'yi uydan chiqmay o'tirishga ham rozi. Ammo hammasi ularga bog'liq emas-da...

Yurgen Klopp yana bir bor hammani lol qoldirdi: "Men siyosat va koronavirusga unchalik ham tushunmayman... Nega bu savolni menga berishyapti? Men beysbolka kiyib yuraman, qolaversa soqolim ham olinmagan".

Xo'sh, sizningcha, shunday kelishgan erkakni chempionlik titulisiz qoldirish insofdanmikan?!


"Evro-2020"ga hech qanday xavf yo'q

Ko'pchilikda tabiiy bir savol tug'ilmoqad. Agar futbol bo'yicha qator top-ligalar va Olimpiada xavf ostida bo'lsa, unda Evropa chempionati-chi? Sababi Italiya poytaxti musobaqani qabul qiluvchi shaharlar qatoridan o'rin olgan. Ammo vahimaga o'rin yo'q. UEFA vice-prezidenti Mishel Uva barchani hotirjamlikka chaqirmoqda va musobaqa o'z vaqtida o'tishiga ishonadi.

"Evro-2020 Rimda 12 iyun kuni start oladi. UEFA mahalliy va xalqaro tashkilotlar, federaciyalar bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi va koronavirus atrofidagi holatni kuzatmoqda. Hozircha beliglangan reja, grafikka o'zgartirish kiritishga hojat yo'q. Masala muntazam nazorat qilib boriladi", - CHeferin o'rinbosari so'zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

UEFA prezidenti ham barchasiga optimistik yondashmoqda va musobaqani bekor qilishga asos ko'rmayapti. Uning fikriga ko'ra, musobaqa vaqtiga kelib, koronavirus bilan bog'liq holat normallashishi kutilmoqda.


Koronavirusdan qanday himoyalansa bo'ladi? Qo'l berib ko'rishishni taqiqlang

"Nyukasl" ustozi Stiv Bryus o'ziga xos yo'l topdi. Suhbatlashish davomida havo orqali o'tishi mumkin bo'lgan mikro-elementlar bilan ishimiz yo'q, asosiysi qo'l berib ko'rishmasak bo'ldi. SHu yo'l bilan koronavirusni engamiz! Taajjublanarli tomoni shundaki, bunday fikrni murabbiy jamoa shifokori bergan.

"Tongda va ko'rishganda barcha qo'l berib ko'rishadi — biz shifokor maslahati bilan bunga chek qo'ydik. Yaxshihamki, bizda shunday ajoyib doktorimiz bor, u bizni barchasidan xabardor qilib turadi va nima qilish mumkin, nima mumkin emasligini belgilab beradi".

SHotlandiyadagilar ham shu yo'ldan ketishdi. Rahbariyat Premershipning barcha klublari pochtasiga o'yindan avvalgi "salomlashish"ni qo'l bermay, boshqa biror usulda o'tkazishni so'ragan. 

Yosh avlod esa undanda topqir chiqdi. UEFA ning o'smirlar o'rtasidagi musobaqasida "Liverpul" va "Benfika" futbolchilari bir-birlari bilan tirsaklari yordamida salomlashishdi. Emishki, bu yo'l ancha xavfsiz ekan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика