So’nggi yangiliklar

08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  7 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  3 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  7 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  12 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  12

“Koronainqiroz”: dunyo futboli tanazzuldami? Yangiliklar

“Koronainqiroz”: dunyo futboli tanazzuldami?

Butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyoti barobarida sport olamiga ham sezilarli tasir o'tkazmoqda.

SHu qatorda jahon futboli inqirozli davrga kirib bormoqda. Mart oyi boshlarida uzog'i bilan bir oyga mo'ljallangan favqulodda rejalarni tuzib chiqqan futbol tashkilotlari endilikda kamida bir yillik moliyaviy ehtiyot choralarini ishlab chiqishmoqda va, eng asosiysi,ushbu rejalar optimistik prognozlar asosida qurilmayapdi. Bugunga kelib deyarli hamma davlatlarda futbol musobaqalari to'xtagan, Evro-2020, Amerika Kubogi-2020 keyingi yilga ko'chirildi.

Sir emaski, birinchi navbatda evropa futboli asosiy zarbani qabul qildi. Ko'plab agentliklar evrochempionatlarning o'tgan davr mobaynida boy berilgan daromadlarini va zararlarini hisoblab chiqishmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, TOP-5 chempionatlar har oy o'rta hisobda 250 mln. evro zarar ko'rishmoqda va bu raqam mavsum yakunlanmagan taqdirda kamida 4 mlrd. dollarni tashkil qilishi taxmin qilingan. Bu summaning asosiy qismi Angliya premer-ligasiga to'g'ri kelishi mumkin – 1,5 mlrd.evro., eng kami La Ligaga – 400 mln.evro. Tabiiyki, tijorat shartnomalari ko'p bo'lgan klublarning yo'qotishlari ham ko'proq bo'ladi.Televizion va reklama huquqlardan kelib tushadigan daromadlar (bu daromadlarning asosiy paragrafi hisoblanadi) butkul to'xtagan. Telekanallarning ko'rayotgan zarari ham kam emas – birgina SkySports 1 mlrd. evro yo'qotmoqda. Ikkinchi daromad manbai bo'lgan chiptalar va atributikalar sotuvi, o'yin kuni turli kommercion tushumlar endi yo'q. Italiyaning “Calcio e Finanza” agentligining xabariga ko'ra birgina “Yuventus” muxlislardan bir oyda 12 mln.evro topardi va umuman, A Seriya klublari qolgan turlarda muxlislardan kelishi mumkin bo'lgan (faqat chipta sotuvi) 28 mln.evrodan ayrilmoqda.

Etakchi klublar inqirozni oldini olish uchun birlamchi chora sifatida futbolchilar va klub tizimida xizmat qilayotgan xodimlar (styuardlar, qo'riqlash hamda servis xizmati va boshqa) maoshlarini 10-70 foizgacha qisqartirishni boshlashdi.Odatda, bu jarayon ikki tomonning roziligi bilan amalga oshadi, ammo vaziyat shuni taqozo etmoqdaki, klublar bir tomonlama ish ko'rishni boshlashmoqda. Yaqinda sodir bo'lgan eng g'alati holat SHveycariyaning “Son” klubiga tegishli Seydu Dumbiya bilan sodir bo'ldi. Klub avval uning maoshini kamaytirishga uringan, ammo rad javobini olgach, yarim soatdan keyin WhatsApp orqali shartnoma u bilan bekor bo'lganini elon qilgan. Angliyada ham ishlar shunga qarab ketmoqda. Futbolchilar huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlar (profsoyuzlar) ko'proq klublar tomon yon bosmoqdalar. Buni CHempionship va Birinchi ligada ko'rish mumkin.

Klublar, milliy chempionatlar qatori futbol tashkilotlari ham talofat ko'rmoqda. Birgina UEFA Evro-2020 keyingi yilga qoldirilgani tufayli salkam 2 mlrd. evrodan kuruq qoldi. Solishtirish uchun keltiramiz: oldingi Evropa chempionatidan UEFA 1.93 mlrd.evro ishlagan, shundan 850 mln. sof foydadir. Bundan kelib chiqadiki, UEFA prezidenti Aleksandr CHeferinning “koronainqiroz” oqibatlarini yumshatish uchun Evropa milliy chempionatlariga moddiy ko'mak ko'rsatish g'oyasi amalga oshmaydiganga o'xshaydi. Xuddi shu holat OFKda ham kuzatilmoqda. OCHL va OFK kubogi o'yinlari to'xtagan va, tabiiyki, homiylik pul o'tkazmalari muzlatilgan. Muammoning global ahamiyatga ega ekanligi endilikda FIFAning keskin va keng qamrovli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni taqozo etadi.Birinchi navbatda, bunday holatda qo'llanishi mumkin bo'lgan chora bu FIFAning klublar va associyaciyalar/federaciyalarga moliyaviy ko'mak iqtisodiy fondini tashkil qilishdir. Futbol atrofidagi boshqa biron bir tashkilot vaziyatni engillashtirishga qodir emas – telekanallar, sport kiyimlari/anjomlariga ixtisoslashgan brendlar ham millardlab zarar ko'rishmoqda.

Nima bo'lganda yaqin 4-5 yilda futbol avvalgi holatiga kelmaydi. Barcha resurslar, birinchi navbatda tiklanishga qaratiladi. Transfer bozori ham ancha kambag'allashib qolishi ham tayin. Deylik Lautaroning “Barsa”ga, Sanchoning MYUga yoki Mbappening “Realga” o'tishi faqatgina mish-mish darajasida qolaveradi. Bundan ham yomoni dunyo futboli rivojlanishdan malum muddat to'xtaydi. CHunki, futbol bu faqatgina transfer va oyliklar emas. Stadionlar, mashg'ulot bazalari, akademiyalarqurilishi kamayadi yoki butunlay to'xtaydi, zero moliyaviy barqarorsizlik har qanday biznesni ilojsiz qilib qo'yadi.

Xulosa o'rnida takidlash joizki, dunyo futboli boshqa sohalar kabi birlashadigan davr ostonasida turibdi. Balki shu bahonada aql bovar qilmas darajaga kelib qolgan transfer qiymatlari, agentlarga to'lanadigan to'lovlar nisbatan mo'tadil holatga kelar, bu esa FIFA intilayotgan haqiqiy moliyaviy feyr-pleyga asos solar. Nima bo'lganda ham, bir narsa aniq – biz yaqin kelajakda “perezagruzka”dan keyingi futbol guvohi bo'lamiz, ungacha sabr qilishiz kerak.
Inson salomatligi har qanday o'yindan aziz. Uyda qoling!


Jasur Salomov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика