So’nggi yangiliklar

07:44ПСЖ фуболчиси АПЛ ва Бундеслига клублари қизиқишлари доирасида  0 07:15Мудрик порламоқда!  1 03:30Конференциялар лигаси. "Челси" 8та гол урди, "Фиорентина" ютқазди ва бошқа натижалар  1 03:15Европа лигаси. МЮдан илк ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:18Родри. Футбол мавжудлиги учун шукрона айтаман (мутолаа учун)  1 00:40Европа Лигаси. Жарима майдончасида ёлғиз қолган Кевин Маккалистер "Рома"ни ранжитди  10 23:59Дешам нима сабабдан Килиан Мбаппени термага чақирмаганини айтди   4 23:55Ибрагимович Флорентино Пересга: "Респект"   1 23:42Алаба тўп билан машғулотларга киришди  0 23:30Эрнан Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:22"Милан" Рейндерс билан шартномани узайтириш бўйича ишларни олиб бормоқда  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  3 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  10 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  5

Kopa Amerika haqida bilishimiz kerak bo'lgan muhim malumotlar Yangiliklar

Kopa Amerika haqida bilishimiz kerak bo'lgan muhim malumotlar

Agar siz yozda dam olib, katta futboldan uzoqlashmoqchi bo'lsangiz adashasiz.

Ertaga tunda Braziliyada 7 iyulgacha davom etadigan 3 haftalik Kopa Amerika turniri start oladi.


Turnir haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Kopa Amerika - sayyoramizdagi terma jamoalarning eng keksa turniri hisoblanadi. Birinchi marta ushbu musobaqa 1916 yil, jahon chempionatidan 14 yil oldin, birinchi Evropa chempionatidan 44 yil avval o'tkazilgan. Bu hisob bo'yicha 46-Kopa Amerika bo'ladi. Turnir soni ko'pligidan hayron bo'lmang, chunki avvaliga bu musobaqa har yili o'tkazilgan, keyinroq esa 2 yilda bir marta.


Ushbu turnirda g'alaba qozonish bo'yicha siz kutganingizdek Braziliya yoki Argentina emas, Urugvay etakchi. Ularda Kopa Amerikaning 15ta sovrini mavjud. Urugvayliklar bu g'alabalarga ancha avval erishib olgan deb o'ylayotgan bo'lsangiz adashasiz, aksincha, ushbu terma jamoa o'sha davrdan hozirgacha barqaror o'yin ko'rsatib kelmoqda: Faqat 70 va 2000 yillarda g'alabalar bo'lmagan, jamoa so'nggi bor 2011 yilda sovrinni boshi uzra baland ko'targan.


Argentina yosh Batistuta bilan 26 yil avval Kopa Amerika chempioni bo'lgan. Hozir jamoaning ishlari yaxshi emas: So'nggi 5ta turnirda, ular 4 marta finalgacha etib borishdi, ammo ularning hammasida imkoniyatni boy berishgan (2 martadan Braziliya va CHiliga).

Braziliyaliklar 1997 yilgacha turnirga mezbon bo'lsagina Kopa Amerika g'olibi bo'lgan, ammo aynan o'sha yili ularning 10 yillik hukmronligi boshlangan. O'sha 1997 yilda tarkibida Kafu, Roberto Karlos, Ronaldo va Romario bor jamoa barcha raqiblarni taslim qilgan. Ikki yil o'tib Romario o'rnini Rivalda va Ronaldino egalladi va 6ta turnirda 6ta g'alaba qayd etildi.


2000 yillarda braziliyaliklar turnirga ikkinchi tarkibni olib kela boshlashdi, ammo baribir zafar quchaverishdi. 2001 yilda Gondurasga mag'lub bo'lib, turnirni sharmandalarcha tark etgan bo'lishiga qaramay, keyingi ikkita sovrin Braziliya terma jamoasiga nasib etdi. 2004 yilda jamoaning o'rtacha yoshi 22,5ni tashkil qilardi.


Keyin nafaqat individual balki jamoaviy kuchli bo'lgan termalarning davri keldi: So'nggi ikki turnirda CHili terma jamoasi g'olib bo'ldi, undan oldin Urugvay zafar quchgandi.


Format qanday?

4ta jamoadan tashkil topgan 3ta guruh. Kvartetning eng yaxshi 2ta jamoasi va eng yaxshi natijani qayd etgan 2ta 3-o'rin egalari keyingi bosqichga chiqishadi. Bunday sxema 1993 yildan beri qo'llanilmoqda, faqat 2016 yilda 16ta jamoa ishtirok etgan edi.

Keyingi Kopa Amerikada qoidalar o'zgaradi: 6ta jamoadan 2ta guruh tashkil qilinadi. Musobaqa 2020 yilda o'tkaziladi. KONMEBOL ketma-ket 2-3ta turnirni bitta sxemada o'tkazishni yoqtirmaydi.


Yaponiya va Qatar bu erda nima qilyapti?

Guruh tarkibini ko'rganlar birinchi shu savolni bersa kerak. Javobi oddiy: Qiziqish ortishi uchun. Boshqa qita vakillarini taklif qilish 1993 yildan boshlangan. O'sha yili AQSH va Meksika turnirga chaqirilgan edi. Yaponiya birinchi marta Kopa Amerikada ishtirok etmayapti. 20 yil oldin ham kun chiqar yurt vakillari ushbu turnirda qatnashishgan.


KONMEBOLdagilar Osiyo Kubogi finalida Yaponiya va Qatar o'ynaganidan juda xursand bo'lishgani tayin. Ularning ishtiroki haqida deyarli bir yarim yil avval elon qilingandi, o'shanda hech kim bu jamoalar Braziliyaga Osiyoning eng yaxshi ikki jamoasi bo'lib kelishini tasavvur qilmagan.


Turnir qaerda bo'ladi?

14 iyundan 7 iyulgacha Braziliyada. 5ta shaharning 6ta stadionida. Ushbu shaharlarning 4tasi - "Arena Korintians" (San-Paulu), "Fonte-Nova" (Salvador), "Mineyran (Belu-Orizonti), "Marakana" (Rio) 2014 yilda JCH-2014ni qabul qilgan . Qolgan ikkita stadion "Arena Gremio" (Portu-Alegri) va "Morumbi" (San-Paulu).

"Arena Germio" tanlanishini tushunsak bo'ladi: Portu-Alegrida ikkita yangi stadion bor, ammo "Beyra-Rio" katta turnirni qabul qilganiga 5 yil bo'ldi va muxlislar sig'imi "Gremio"nikidan kam. "Morumbi" borasidagi qaror biroz tushunarsiz. Bu maydondan uzoqroq bo'lgan va tribunalar ustida tomi yo'q eski "Kolizey". U o'z bag'riga 67 ming muxlisni sig'dira oladi, ammo Braziliada bundan ko'p ishqiboz sig'adigan "Garrincha Milliy stadioni" mavjud.


Stadionlar sig'imi:

"Marakana" - 78 838

"Morumbi" - 77 011

"Belu Orizonti" - 58 170

"Arena Gremio" - 55 662

"Fonte Nova" - 51 900

Kopa Amerika. O'yinlar qaysi stadionlarda bo'ladi?


Taxminlar qanday?

Asosiy favorit - Braziliya. Avvalgi Kopa Amerikadagi muvaffaqiyatsizlik (guruhdan chiqa olishmagan) va Tite kelishidan so'ng braziliyaliklar 35ta uchrashuvda bor-yo'g'i 2 marta mag'lub bo'lishdi. Statistika biroz aldamchiroq, chunki braziliyaliklar o'tkazgan ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlari Panama va Salvadorga o'xshagan jamoalar bilan bo'lgan. Biroq bir narsani hisobga olish kerak, Braziliya o'z qitasidagi terma jamoalar bilan yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Tite jamoasi JCH saralashida 12ta uchrashuvda 32 ochko to'pladi, to'plar nisbati esa 33:3. Bunga bir yildan ko'proq vaqt o'tgan bo'lishiga qaramay, Braziliya kuchsizlanib qolgani yo'q.

CHiroyli statistikadan tashqari Braziliyada kuchli tarkib va o'ziga xos uslub bor. Jamoaning asosiy yulduzi Neymar jarohat olgan bo'lsada, Selesao bu forvardsiz ham ajoyib o'yin ko'rsatishga qodir.


Muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan Argentina ham etakchilar safida. Tarkibda Otamendi, Di Mariya, Messi va Aguero kabi veteranlar bor. Terma jamoada endi yosh futbolchi deb chaqirib bo'lmaydiganlar (Talyafiko, Akunya, Lo CHelso) ham mavjud. Argentinadagi barcha futbolchilar top darajada bo'lmasa ham, chempionlik uchun hammasi yulduzlar bo'lishi shart emas.

Argentinaning muammosi shundaki ularda malum bir o'yin uslubi yo'q. Agar guruh bosqichida muammo paydo bo'lsa yana "to'pni Messiga uzat" taktikasi boshlanishi mumkin.


Haqiqiy ikkinchi favorit Urugvay terma jamoasi. Tabares qo'l ostida ajoyib darvozabon Muslera, himoyada ishonchli o'yin ko'rsatib kelayotgan Godin va Ximenes, yuqori saviyalik forvardlar Suares va Kavani bor. Agar veteranlarning ishi o'xshamasa, ularning o'rnini "Selta" to'purari Maksi Gomes egallashi mumkin.


Bundan tashqari Tabaresda ko'plab ajoyib yarim himoyachilar bor - Bentankur, Torreyra, Valverde, Pereyro, Nandes, Arraskaeta. 4 yil oldin Urugvayda yoshlar yo'qligi va terma jamoani qiyin davrlar kutib turgani aytilgan edi, ammo Tabares avlodlar almashinuvini yaxshi o'tkazmoqda. Bu jamoa 2011 yilda chempionlikka erishganlardan kuchliroq bo'lishi mumkin.

Tarkibda haqiqatdan ham yangilar etishmayotgan jamoa bu CHili. Kopa Amerikaga kelgan tarkibning yarmi 2010 JARda bo'lgan JCHda ishtirok etishgan. Lixnovski va Kastijoga o'xshagan yigitlar 25-26 yoshga to'lishdi, ammo hali ham asosiy tarkibga kira olishmayapti. Ikki yil avvalgi Konfederaciyalar Kubogidan so'ng CHili JCHga chiqa olmadi va yaxshi o'yin ko'rsatmayapti. Ha, jamoa so'nggi ikkita turnirda g'olib bo'ldi, biroq bu safar ushbu muvaffaqiyatni takrorlashning deyarli iloji yo'q.


Kolumbiya terma jamoasida imkoniyatlar ko'proq, ammo ularning o'z muammolari bor: Kuadrado, Xames va Falkao avvalgidek yorqin o'yin ko'rsatmayapti. Biroq Ospina, Yerri Mina, Davinson Sanches va Vilmar Barrios yaxshi formada. Terma jamoaga "Pachuka" forvardi Edvin Kardona qaytdi, hujumda Falkao o'rnini "Atalanta"da to'purar bo'lgan Duvan Sapata egallashi mumkin.

Karlush Keyrush jamoasiga birinchi savatchadagi eng kuchsiz terma - Argentina raqib bo'ldi. Agar Kolumbiya finalgacha etib borsa, ular uchinchi bor ushbu turnirning hal qiluvchi bahsida o'ynashadi.


Kopa Amerika - tez yakuniga etadigan turnir va unda 3-o'rin egalari ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Demak, musobaqada sensaciyalar qayd etilishi mumkin. Peru Rossiyadagi JCHga borishdan oldin ikki marta Kopa Amerikada uchinchi o'rinni egalladi. Xatto Venesuela terma jamoasi 2011 yilda yarim finalgacha etib bordi. SHu sababli uchinchi o'rin uchun bahsda Yaponiya va Ekvador o'ynasa, hayron bo'lmang.


Qaerda tomosha qilish mumkin?

O'zbekistonda turnirni "SPORT" telekanali to'liq olib beradi. Ko'plab o'yinlar biz uchun noqulay vaqtda boshlanadi: Braziliya hamda Boliviya o'rtasidagi ochilish uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 05:30da boshlanadi. Biroq 3-turning bazi hal qiluvchi o'yinlari va pley-off uchrashuvlari hamda final CHempionlar ligasi o'yini vaqtidan farq qilmaydi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика