Kopa Amerika-2019. Qatar musobaqaga tayyor
16 iyu 2019 21:48
Yangiliklar


Kopa Amerika-2019. Qatar musobaqaga tayyor
Braziliyada bo'lib o'tayotgan Kopa Amerikada bugun Osiyo vakili Qatar o'z ishtirokini boshlaydi.
Malumki, Osiyo Kubogining amaldagi g'olibi Qatar bilan finalchi Yaponiya ushbu musobaqada ishtirok etadi. Bugun bizning vaqt bilan 00:00da Qatar termasi dastlabki turni Paragvayga qarshi o'tkazadi.
O'yindan oldingi matbuot anjumanida qatarliklar ustozi Feliks Sanches jamoa bo'lajak o'yinga tayyorligini aytib o'tdi. Qatarliklar turnirga tayyorgarlik jarayonini oxirgi ikki hafta ichida Porta Beloda o'tkazishdi.
Qatar termasi musobaqaga hozirlik chog'ida Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Kopa Amerika davomida Hassan Al Haydos terma jamoa sardori bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
14:26
O'zbekiston U-23 terma jamoasi xotira turnirida Yaponiyaga imkoniyatni boy bergan o'yindan GALEREYA 0

Fikrlar