So’nggi yangiliklar

00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  0 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  11 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1

Kopa Amerika-2019. Nikimbaev Peru-Braziliya bahsi oldidan o'zbekistonlik muxlislarga qiziqarli malumotlarni taqdim etdi Yangiliklar

Kopa Amerika-2019. Nikimbaev Peru-Braziliya bahsi oldidan o'zbekistonlik muxlislarga qiziqarli malumotlarni taqdim etdi

Futbol bo'yicha Kopa Amerika-2019 musobaqasi o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda. Bugun A guruhida 3-tur bahslariga start beriladi.

Jumladan, musobaqa mezboni Braziliya terma jamoasi Peruga qarshi bahs olib boradi. O'yinning etiborli jihatlaridan biri unda o'zbekistonli futbol eksperti Alisher Nikimbaev ham ishlaydi. U bellashuvda koordinator yordamchisi bo'lib ishlaydi. Nikimbaev o'yindan oldin o'quvchilariga musobaqaga oid qiziqarli malumotlarni taqdim etdi.

Agar kishi o'z hobbisini kasb-koriga aylantira olsa, demak, u haqiqatan ham juda baxtli inson. Bularni kim aytgani aniq esimda yo'qku-ya, ammo bu qarashga to'liq qo'shilaman — men juda ham baxtli insonman. «Paxtakor»ga SSSR chempionatida muxlislik qilishni boshlagan chog'larimda futbolning kasbimga aylanishni xayolimga ham keltirmagan edim. Hozir esa futbol sabab Kopa Amerika—2019 musobaqasi o'tayotgan Braziliyada bo'lish baxti nasib etib turibdi. Bu men uchun uchinchi qita chempionati hisoblanadi.  Dastlabkisi 1996 yilgi BAAda o'tgan Osiyo chempionati edi. Unda kamina jurnalist sifatida faoliyat olib borgandi. 2008 yil ham jurnalist sifatida Evro—2008 musobaqasi sabab Avstriya va SHveycariya maydonlarida ishladim. SHuningdek, 2004 va 2007 yillardagi Osiyo Kubogida ham faoliyat yuritdim. Faqat bunda O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi bilan birga bo'ldim. Va mana endi Amerika Kubogi musobaqasidaman. Bu safar esa Qatar futbol associatiyasi va JCH—2022 tashkiliy qo'mitasi tarkibida tajriba almashish dasturi bo'yicha musobaqada ishlash imkoniyatiga ega bo'ldim.

To'g'risini aytsam, 22 iyunga qadar Kopa Amerika—2019 ning birortda uchrashuvini to'liqligicha ko'rmadim. Bazan o'yinlar boshlanish vaqti halal bergan bo'lsa, bazan musobaga bo'lgan qiziqishning yo'qligi ham sabab bo'ldi.

Kopa Amerika — dunyodagi eng «qari» qita chempionati hisoblanadi. Ilk musobaqa birinchi Osiyok Kubogidan 40 yil, ilk Evropa chempionatidan esa 44 yil avval, yani, 1916 yil o'tkazilgandi.

Kopa Amerika — faqatgina uzoq tarixiga ega musobaqa emas. Ortda qolgan 103 yilda ko'plab voqeliklar sodir bo'ldi. Masalan, 1959 yilda bir emas, ikki musobaqa o'tkazilgan. Jumladan, biri Ekvador, ikkinchisiga Argentina mezbonlik qilgan. Qizig'i shundaki, 5 karra Jahon chempionlari Braziliya terma jamoasi o'z qitasida etakchi bo'la olmay kelmoqda. 103 yil ichida pentakampeonlar Kopa Amerika musobaqasida atigi 8 marta g'oliblikka erishgan. SHulardan 4 tasi so'nggi 20 yillikda qo'lga kiritilgan. Ammo Urugvay uchun bu o'ziga xos musobaqa. Futboldagi oltin davrlari 1920-30 yillar hamda 1950 yillarga to'g'ri keladigan Urugvay ayni damda Kopa Amerikaning 15 ta bosh sovrinini o'z muzeyiga eltib qo'ygan. To'g'ri, bu malumotlarning barchasini Wikipedia’dan topishingiz mumkin. Keling, shuning uchun musobaqa haqida ko'pchilik muxlislarga malum bo'lmagan malumotlar haqida suhbatlashamiz.

Yaqin bir hafta kamina Braziliyaning eng katta shahri — San-Pauluda bo'laman. Mazkur musobaqa doirasida shahardagi ikki stadion — «Morumbi» hamda «Arena Korintians» o'yinlarni qabul qilmoqda. «Morumbi»dagi o'yinlar yakuniga etib ulgurdi. Ular atigi uchta edi, jumladan, ochilish o'yini ham shu erda o'tdi. Endi hamma diqqat-etibor «Arena Korintians»ga qaratiladi. Paulistalar (San-Paulu aholisi shunday ataladi) «Arena»ni shahardagi eng yaxshi o'yingoh deb hisoblaydi.

—  «Korintians» klubining baxtga qarshi hech qachon o'z stadioni bo'lmagan. «Pakaembu» stadionini shaharning boshqa klublari bilan bo'lishishga majbur edik, — deydi «Arena» ishchilaridan biri Kassiano Leonelli.  — Faqatgina mamlakatning avvalgi prezidenti Lula da Silva (u «Korintians» muxlisi edi) klubimizga stadion qurish uchun mablag' topib berishda yordam ko'rsatdi.

Kassianoning so'zlariga qo'shimcha sifatida shularni keltirishni lozim topdim: «Korintians» stadioni qurilishi rejasi 1980 yillarda paydo bo'lgan. Biroq uning qurilishi oradan faqatgina 30 yil o'tib — 2010 yil boshlangan. Va 2014 yilgi Jahon CHempionati boshlanishidan avval yakuniga etkazilgan.

— 2014 yilgi Jahon CHempionatida bizning stadion bir nechta o'yinni qabul qildi. Xusuan, Braziliya va Xorvatiya o'rtasidagi ochilish bahsi va Niderlandiya hamda Argentina o'rtasidagi yarim final to'qnashuvini, — deya so'zida davom etadi Kassiano.

— «Arena Korintians»ni San-Pauludagi eng yaxshi stadion demoqdasiz? «Marakana» bilan ham qiyoslaganda ham shundaymi?

— Yo'q, «Marakana» bilan solishtirib bo'lmaydi. 1950 yilgi Jahon CHempionatida Braziliya—Urugvay bellashuviga 200 000 muxlis kelgan. Tarix va jangovar ruh — «Marakana»ning ajralmas qismi. SHunday ekan, bizning stadionni u bilan qiyoslab bo'lmaydi.

— Ammo stadiondagi sharoitlarni solishtirganda-chi?

— U holda «Arena Korintians» «Marakana»dan yaxshiroq. Axir bizning stadion top-toza. Ularda esa maydon bilan tribunani ajratib turuvchi yugurish yo'lakchasi bor.

Qayd etish joiz, 2014 yilgi Jahon CHempionatidan keyin «Korintians» arenasi sig'imi deyarli uchdan birga qisqardi — 68 727  kishidan, 49 205 kishigacha. SHimoliy tribuna olib tashlandi va endi u erda o'rindiqlar yo'q. SHimoliy tribuna — endi «Korintians»ning qaynoq muxlislari uchun xizmat qilmoqda.

— Stadion ertaga to'ladimi? — Bizning Kassiano bilan suhbatimiz Braziliya—Peru uchrashuvidan bir kun oldin bo'lgandi.

— Axir ertaga Braziliya o'ynaydi. Biroq umuman olgan Kopa Amerika musobaqasi o'yinlariga kutilganidan-da kamroq muxlis kelmoqda.

— Men o'yinga chiptalar narxining qimmatligi haqida eshitdim.

— Bu ayni haqiqat. KONMEBOL (Janubiy Amerika futbol federaciyasi) chiptalarga yuqori narx belgilagan. Biroq muammolardan biri o'yinlar vaqti bilan bog'liq. Maktab o'quvchilarida hali qishki tatillar boshlangani yo'q. Agarda musobaqani bir haftaga kechiktirishganida hammasi boshqacha bo'lardi.

Haqiqatan ham Kassiano aldamadi. Hozir Braziliyada qish fasli. Axir mamlakat Janubiy yarim sharda joylashgan. Qish esa odatiy braziliyacha. San-Pauluda havo biroz sovuqroq. Tunda harorat 15 darajagacha tushib ketadi. Kunduzi esa harorata 25 darajaga ko'tarilib isiydi. San-Pauluda cho'milishni hech kim tavsiya qilmaydi. Ammo San-Pauludan 1,5 soatlik yo'l bo'lgan Rio-de-Janeyroda ayni dam olish, cho'milish uchun qulay palla. Hattoki qish ham halal bermaydi.

Takidlash o'rinli, Braziliyada ichki parvozlar anchagina qimmat. Masalan, San-Pauludan Portu-Allegrigacha borib qaytish, 650 dollarni tashkil qiladi. Parvoz esa atigi o'zi ikki yarim soat vaqtni oladi. SHunday ekan, Kopa Amerika—2019 ning ko'proq o'yinlarini jonli tomosha qilishni xohlagan muxlis uchun eng qulayi ham — televizor.

Agar siz Braziliya—Peru bellashuvini ko'radigan bo'lsangiz bir narsa etiboringizni tortishi mumkin. Selesao stadionning o'ng tomonidagi zaxira o'rindig'idan joy oladi. Ammo kiyim almashtirish xonasi chap tomonda. Gap shundaki, «Korintians» klubi prezidenti Andresh Sanshesh shunday qarorga kelgan. U jamoaning kiyinish xonasi terma jamoa bosh murabbiyi Tite sharafiga o'ng tomonda bo'lishini xohlagan. Sanshesh «Korintians» prezidentligi chog'ida Tite klub bosh murabbiyi bo'lgan, aynan o'sha vaqtda stadion qurilishi boshlangan. Aslida ikkala kiyinish xonasi ham bir xil. Qoidalarga ko'ra, tashkilotchilar bunday bo'lishiga yo'l bermasligi lozim edi. Ammo aytishlaricha, Sanshesh uning so'rovi qondirilmaydigan bo'lsa, stadion Kopa Amerika—2019 o'yinlarini qabul qilmasligini malum qilgan. Oxir-oqibat tashkilot rozilik bergan.

Yana bir etiborga molik jihat. Peru terma jamoasi kecha o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini «Arena Korintians»da o'tkazishdan bosh tortdi. Bunday holatlar kamdan kam sodir bo'ladi. Qoidaga ko'ra, murabbiy va futbolchilar o'yindan avval stadion maysasi bilan tanishishi va unga ko'nikib olishlariga imkoniyat taqdim etiladi. Biroq Peru terma jamoasi rahbariyati mehmonxonadan stadiongacha bo'lgan vaqtda yutish maqsadida shunday qarorga kelgan. Boshqa tomondan esa bu Janubiy Amerika. Bu erda insonlar hamma joydagidek bir xil bo'lmasligini ham xohlashi tabiiy.

Alisher Nikimbaev, Qatar futbol associaciyasi texnik eksperti

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика