Ko'p narsani hal qiladigan OFK yig'ilishi (1-qism)
19 noy 2014 09:23
Yangiliklar


Ko'p narsani hal qiladigan OFK yig'ilishi (1-qism)
Yig'ilishda OFK OCHL hamda OFK Kubogi uchun kvotalar rasman malum qilinadi. CHempionlar ligasida ishtirok etish uchun o'sha mamlakat reytingda kuchli 24talikdan o'rin olishi va o'z mintaqasida kuchli 12 davlatdan biri bo'lishi lozim. SHu bilan birga OFK tomonidan qo'yilgan 6 talabga javob berishi shart. Texnik standart (OFK reyting ballari), klub licenziya tizimi, sport halolligi, PFL tashkilotchiligi, stadionlar va logistika, viza, sharoitlar hisobga olinadi.
Hozirgi holatda OFK reytingi quyidagi ko'rinishda hisoblanmoqda:
reytingni hisoblashda 70 foiz klublar va 30 foiz milliy terma jamoa natijalari hisoblanadi, oxirgi 4 yillikdagi natijalar amalda bo'ladi. Unda g'alabaga 3, durangga 1 va keyingi bosqichga o'tilgani uchun 3 ochkodan beriladi. Lekin OFK Kubogi va OCHLda qo'lga kiritilgan ochkolar turlicha bo'ladi. OFK Kubogida qo'lga kiritilgan har bir ochko OCHLning uchdan biri sifatida hisoblab qo'shiladi. Bu OCHLda 1 ochko OFK Kubogidagi 3 ochko bilan teng deganidir. Klublar musobaqalarida bittadan ko'p klub ishtirok etganda umumiy ochkolar qatnashchilar soniga bo'lib yuboriladi. Birinchi o'rindagi associaciya 100 ochko oladi va boshqalar o'rniga qarab proporcional ravishda kamaygan ochkolarga ega bo'lishadi.
OCHLda OFKning ushbu reytingida dastlabki 24 pog'onasidan o'rin egallagan mamlakat klublari ishtirok etishlari mumkin. Albatta, bunda jamoalar licenziyadan o'tgan bo'lishlari, etarli sharoitlarga ega bo'lishi belgilab qo'yilgan. OCHLga saralash bosqichi 3 davradan iborat bo'ladi va o'yinlar faqat bir maydonda bo'lib o'tadi. Reytingda 7-12 o'rindagi davlatlar jamoalari OCHL saralashida mag'lubiyatga uchrasa, ular OFK Kubogi guruh bahslarida o'ynashadi. Agar bu davlatlar jamoalari OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olsa, unda chempionatda keyingi o'rinni egallagan klubga OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etishga imkoniyat beriladi. OCHLda guruh bahslaridan keyin nimchorak, chorak, yarim final va final ikki o'yindan iborat bo'lishi saqlab qolinadi.
Reytingda 25-32 o'rindagi associaciyalar jamoalari OFK Kubogi guruh bosqichi, 33-47 pog'onadagi davlatlar klublari esa OFK Kubogi pley-off bahslarida qatnashadi. 2014 yildagi o'rinlar taqsimoti 2015-2016, 2016 yildagi taqsimot esa 2017-2020 yillar uchun amal qilinishi haqida aytilgandi. Biroq bu har bir yil oxiridgi yig'ilishda o'zgarib ketishi ham mumkin.
OFK Kubogida ishtirok etuvchi davlatlar kamida bitta “A” toifadagi stadionga ega bo'lishlari lozim. OFK Kubogida ham saralash raundi 3tadan iborat bo'ladi. Nimchorak, chorak va yarim finallar 2tadan maydonda o'tkaziladi. Final esa finalchilardan birining maydonida bo'lib o'tadi.
Ushbu yil OCHL uchun o'rinlar taqsimotida Iroq bilan muammo yuzaga kelmoqda. Iroq klublari licenziyalashdan o'tmagani sababli bu mamlakatning 1+1 o'rni boshqa davlatlarga bo'lib berilish ehtimoli mavjud. Bunday holatda reytingda yuqoriroq bo'lgan O'zbekiston va BAAda ushbu kvotalarga ega bo'lish imkoniyati paydo bo'ladi. SHunda biz 3+1 o'rniga ega bo'lamiz. Saudiya Arabistoni va Eron esa maksimal o'rinlarga ega. Agar OFK reglamentga amal qilib, licenziyadan o'tmagan davlatni OCHLga qo'ymasa, unday holda O'zbekiston, BAA va Qatarda o'rinlarni ko'proq olish imkoniyati bor. Biroq hammasini 29 noyabrda o'tadigan yig'ilish aniqlab beradi.
OFK tomonidan elon qilingan yakuniy reyting shunday ko'rinish olgan:
1. Janubiy Koreya |
68,294 |
26,571 |
94,866 |
2. Saudiya Arabistoni |
70,000 |
18,268 |
88,268 |
3. Eron |
50,794 |
30,000 |
80,794 |
4. Yaponiya |
47,161 |
29,946 |
77,107 |
5. O'zbekiston |
35,593 |
26,679 |
62,272 |
6. Avstraliya |
38,708 |
19,232 |
57,940 |
7. BAA |
35,667 |
22,125 |
57,792 |
8. Xitoy |
37,892 |
19,768 |
57,660 |
9. Qatar |
36,335 |
19,768 |
56,103 |
10. Iroq |
26,052 |
21,054 |
47,106 |
11. Quvayt |
31,441 |
13,982 |
45,423 |
12. Iordaniya |
21,059 |
23,250 |
44,309 |
13. Tailand |
27,585 |
5,464 |
33,049 |
14.Ummon |
9,640 |
20,946 |
30,586 |
15.Vetnam |
16,610 |
11,143 |
27,753 |
16. Bahrayn |
9,047 |
16,500 |
25,547 |
18. Indoneziya |
18,093 |
6,911 |
25,004 |
17. Livan |
11,864 |
13,179 |
25,043 |
19. Suriya |
14,633 |
8,250 |
22,883 |
20. Gonkong |
14,237 |
5,839 |
20,077 |
21. Myanmar |
7,860 |
11,089 |
18,949 |
22. Malayziya |
10,975 |
7,179 |
18,153 |
23. Hindiston |
10,381 |
6,375 |
16,756 |
24. Singapur |
9,936 |
6,161 |
16,097 |
26.Maldiv |
6,081 |
9,804 |
15,884 |
25. Falastin |
0,000 |
15.911 |
15,911 |
27. Filippin |
0,000 |
12,268 |
12,268 |
28. Tojikiston |
0,297 |
11,464 |
11,761 |
29. Afg'oniston |
0,000 |
11,464 |
11,464 |
30. Turkmaniston |
0,000 |
10,554 |
10,554 |
31. KXDR |
0,000 |
9,000 |
9,000 |
32. Qirg'iziston |
0,297 |
8,464 |
8,761 |
33. Laos |
0,000 |
7,554 |
7,554 |
34. Guam |
0,000 |
5,946 |
5,946 |
35. Yaman |
1,928 |
3,321 |
5,249 |
36. SHri Lanka |
0,000 |
4,071 |
4,071 |
37. Bangladesh |
0,000 |
3,643 |
3,643 |
38. Nepal |
0,000 |
3,268 |
3,268 |
39. Pokiston |
0,000 |
2,732 |
2,732 |
39. Timor Leste |
0,000 |
2,732 |
2,732 |
41. Makau |
0.000 |
2,625 |
2,625 |
42. Kambodja |
0,000 |
2,464 |
2,464 |
43. Xitoy Taypeyi |
0,000 |
2,089 |
2,089 |
44. Mo'g'uliston |
0,000 |
1,554 |
1,554 |
45. Bruney |
0,000 |
0,804 |
0,804 |
46. Butan |
0,000 |
. |
. |
Izoh: 1-ustun mamlakat, 2-ustun klublar ballari, 3-ustun milliy terma jamoa ballari, 4-ustun umumiy ball.
Mintaqalar bo'yicha klublar musobaqalariga taqsimot quyidagicha ko'rinishda bo'ladi. Umumiy jadvaldan har bir mintaqaning o'ringa mos keluvchini davlatini joylashtirgan holda o'zingiz ham kvotalar haqida xulosa chiqarish imkoniyatiga egasiz. Biz sizlarga qulay bo'lishi uchun uni ochiq jadval ko'rinishida (qo'llanma sifatida) havola etamiz:
Masalan, O'zbekiston o'z mintaqasida Saudiya Arabistoni va Erondan keyingi uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Reyting |
OCHL guruh |
OCHL pley-off |
OFK guruh |
OFK pley-off |
OFK saralash |
1 |
3 |
1 |
|||
2 |
3 |
1 |
|||
3 |
2 |
2 |
|||
4 |
2 |
2 |
|||
5 |
1 |
2 |
|||
6 |
1 |
1 |
|||
7 |
1 |
1 |
|||
8 |
1 |
1 |
|||
9 |
1 |
0 |
1 |
||
10 |
1 |
0 |
1 |
||
11 |
1 |
0 |
1 |
||
12 |
1 |
0 |
1 |
||
13 |
1 |
1 |
|||
14 |
1 |
1 |
|||
15 |
1 |
1 |
|||
16 |
1 |
1 |
|||
17 |
1 |
1 |
|||
18 |
1 |
1 |
|||
19 |
1 |
1 |
|||
20 |
1 |
1 |
|||
21 |
1 |
1 |
|||
22 |
1 |
1 |
|||
23 |
1 |
1 |
|||
Umumiy |
12 |
9+6 |
6 |
15 |
7 |
Biz uchun yana 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoalarning Osiyo chempionati mezboni nomi aniqlanishi ham katta ahamiyatga ega.
Davomi bor...
Behzod NAZAROV.

Fikrlar