So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  4 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Kontening taqdiri Mourinyuga bog'liqmi?! Yangiliklar

Kontening taqdiri Mourinyuga bog'liqmi?!

Kontening "Inter"dagi kelajagi hozirda bir transferga juda bog'liq.

SHoshilmang, bu Ikardi/Perishichning sotilishi yoki Lukaku/Sapataning xarid qilinishi emas. Bu umuman "Inter" ishtirok etadigan transfer ham emas. Konte va "Inter" uchun hozir eng muhimi "Yuventus" Mourinyuni olib kelmasligi! Sababi, futbolni asosiy qismi maydonda o'ynaladi, lekin bazan... Maydon tashqarisidagi kurashda Antonio hamkasbi Jozega munosib qarshilik ko'rsata olmaydi. Maydondan tashqaridagi kurash, ayniqsa raqiblar Konte va Mourinyu bo'lsa qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini 2018 yil avvalida APLda ko'rib, guvohi bo'lgan edik.

"Siti" titul tomon "uchib" ketayotgan vaqt, Konte "CHelsi"da deyarli hamma bilan urushib ulgurgandi, lekin jamoa o'yiniga bu tasir qilmadi. Yangi yil kuni - 31 dekabr sanasida "CHelsi" MYUni ortda qoldirib ikkinchi pog'onani band etib turgan, qolganlar undan ham ko'proq farq bilan qolib ketishgandi. Etibor bering, shu vaziyatda Joze "maydon chetidagi masxaraboz" haqidagi intervyusida gapirib o'tadi. Konte jaxl ustida aqlini butkul yo'qotdi deyish kamlik qiladi. U va Joze keyingi uch oy (!) bir-birlarini kunda-kun ora eslab, press-konferenciyalarda "shirin" so'zlar bilan tilga olishdi. Joze hamkasbining jig'iga tegar, uni masxara qilardi. Antonioning esa bundan xunobi chiqar edi. Oxiri ish shunga etib bordiki, Konte Mourga "alohida xonada birga-bir gaplashib olishni taklif qildi". Qachondir top murabbiylardan biri ikkinchisiga ochiqchasiga urushishni taklif qilganini eslay olasizmi? Konte hissiyotlari bilan ovvora bo'lib qolgan, "CHelsi" esa musobaqa jadvali "zinalaridan" paslab boraverardi. Uch oyda jamoa ECHL zonasidan shunchalik uzoqlashib ketdiki, uyog'iga Top-4ni quvib etolmadi. "MYU" mavsumni ikkinchi o'rinda yakunladi. Kuchli raqibni maydonga chiqmay turib engishning yorqin misoli.

Ikki oylar oldin Mourinyu sobiq shogirdlaridan biri uni o'z jamoasiga chaqirayotgani haqida xabar bergan edik. Gap Krishtianu haqida ketayotganini hamma tushundi – u bo'lmasa boshqa kim? Pol Pogba emas-ku... Italiya OAVda yaqinda Mourinyu "Yuventus" bilan aloqaga chiqqani, lekin sobiq jamoasi "Inter" hurmati rad javobini bergani aytib o'tildi. Lekin Kontening Milan klubiga kelishi vaziyatni biroz o'zgartiradi.

Birinchidan, "Yuventus" uchun. Marotta, endi esa murabbiy Konte azaliy raqib safiga kelib qo'shildi va qarshi kuchlarini boshqarmoqda. Ikkinchidan, Mourinyu uchun. Buyog'i nafaqat professional bellashuv, balki shaxsiy masalaga aylanib ketishi hech gap emas. "Inter"ning yaqin o'tmishdagi eng yorqin g'alabalari sababchisining o'rniga jamoaga sobiq "yuventuschi"ni olib kelishdi. Vaholanki, Joze Konteni Angliyada ham ortda qoldirgandi. Eng kamida "Yuventus"ning taklifini o'ylab ko'rish uchun sabablar etarli. Agar mabodo Joze Turin klubini qo'lga olsa, uyog'iga OAV orqali "janjalni" ko'raveramiz. A Seriyani kuzatish uchun sabablar ortmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика