Konte: “Ronaldu bo'lmaganda, MYU bugun yorqin oqshomni o'tkazmasdi”
13 mar 2022 08:40
Yangiliklar


Konte: “Ronaldu bo'lmaganda, MYU bugun yorqin oqshomni o'tkazmasdi”
“Tottenxem” ustozi Antonio Konte APL 29-turida MYUga uchralgan (2:3) mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
“Top o'yinchi ekanligini bir necha bor isbotlagan futbolchi haqida gap ketmoqda. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi – zamonamizning eng zo'r futbolchilari hisoblanadi. Ularga qarshi maydonga tushganingda, ular o'yinda hal qiluvchi rolni o'ynaydi.
Ronaldu bo'lmaganida, “Manchester Yunayted” uchun bugungi oqshom yorqin o'tmasdi”, deydi Konte.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 4

Fikrlar