So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  4 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Konte kechagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida yondi! Yangiliklar

Konte kechagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida yondi!

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Sautgempton"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida bor dardini to'kdi.

"Kuchli, raqobatbardosh jamoa bo'lishni, doimo g'oliblik uchun kurashishni istasangiz, asosiysi yurakda, ko'zda olov bo'lishi kerak. Har soniyada maydonda olov sochish kerak. Har soniyada!

O'tgan mavsum bilan solishtirganda biz yanada kuchliroq bo'lishimiz kerak edi, biroq biz borgan sari taslim bo'lib boryapmiz. Qachonki jamoaviylik yo'qolsa, raqib istagan ishni qiladi. "Sautgempton"ga qarshi o'yin - so'nggi misol. Biz Angliya Kubogida yoshlari bilan o'ynagan "SHeffild"ga mag'lub bo'ldik. Biz kuchli tarkib bilan o'ynadik va Angliya Kubogidan chiqib ketdik. Bunday holatlar ko'p bo'lgan. Takrorlayman, biz umuman o'smaymiz. Gap taktika yoki texnika haqida ketmayapti.

Biz muxlislarimiz faxrlanishi uchun o'ynashimiz kerak. Biz katta ishtiyoq bilan o'ynashimiz kerak. G'alabalar uchun ko'zda olov bo'lishi kerak. Agarda shunday bo'lganida biz Angliya Kubogidan chiqib ketmasdik. Agarda shunday bo'lganida biz "Sautgempton"ni mag'lub etardik. Agarda bu oldinroq bo'lganida ishlar boshqacha ketardi.

Ammo biz bunga ko'nikib ulgurganmiz. Klub, bu erda ishlayotgan har bir murabbiy transferlar bo'yicha javobgarlikni bo'yniga olishi kerak. Futbolchilarchi? Futbolchilar? Qani ular? Mening tajribamga ko'ra ular o'sishlari, rivojlanishlari kerak edi. Lekin biz raqobatbardosh bo'lishni istamayapmiz. Bu holat bizda yomon, yomon, juda yomon darajada. Men maydonda o'zi uchun shunchaki yugurib yurgan 11 futbolchini ko'rib turibman", - dedi Konte.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика