Konte "Inter"ning A Seriyadagi rekordini o'rnatdi
26 sen 2019 11:30
Yangiliklar


Konte "Inter"ning A Seriyadagi rekordini o'rnatdi
A Seriya 5-tur doirasida "Inter" "Lacio"ni 1:0 hisobida taslim etdi.
Qiziqarlisi, bu g'alaba klubning Italiya chempionatidagi qatorasiga beshinchi g'alabasi bo'ldi.
SHunday qilib, "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining A Seriyadagi rekordini o'rnatdi.
Italiyalik mutaxassis klub tarixida ketma-ket 5ta o'yinda mag'lubiyatga uchramagan yagona murabbiyga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Inter" bungacha "Lechche", "Udineze", "Kalyari" va "Milan" jamoalari ustidan g'alaba qozongan edi.
Klub keyingi o'yini, yani "Sampdoriya"ga qarshi o'yin 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar