Konte Ikardi bilan ishlashni xohlamayapti va "Inter"dan uni sotishni talab qilmoqda
30 may 2019 16:43
Yangiliklar
Konte Ikardi bilan ishlashni xohlamayapti va "Inter"dan uni sotishni talab qilmoqda
"Inter"ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte bo'ladi.
Tomonlar 3 yillik shartnoma borasida kelishib olishdi. 49 yoshli mutaxassis mavsum uchun oladigan bonuslardan tashqari yiliga 9 million evro maosh oladi.
Kontening "neradzurri"larga qo'yayotgan birinchi talabi uning rejasiga kirmayotgan hujumchi Mauro Ikardini sotishdan iborat.
Italiyalik murabbiy bu qarorga uning futbolchilik nuqtai nazaridan emas, balki axloqi jihatidan kelgan.
O'tgan mavsumda jamoa ichki muhitini buzgan futbolchi bilan mavsumni boshlamoqchi emas.
Ikardi bu mavsumda sardorlik bog'ichidan ayrildi va futbolchining xotini va agenti Vanda Nara bilan jamoa rahbariyati o'rtasidagi noroziliklar yuzaga keldi.
Bugun "Inter" bosh murabbiy Luchano Spallettining istefosini elon qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar