Konte: "Faqatgina ahmoqlar bizdagi rivojlanishni ko'rishmaydi"
14 fev 2021 10:27
Yangiliklar


Konte: "Faqatgina ahmoqlar bizdagi rivojlanishni ko'rishmaydi"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 22-turi doirasida "Lacio"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Lacio" yuqori darajaga ko'tarilib oldi, klub chiroyli struktura va sifatli futbolchilarga ega. Klubning g'alabali seriyasi bor. Bu esa bizga intriga bermoqda, demak, qiyin bo'ladi. Yaxshi tayyorlanish kerak.
Bizdagi quvonarli jihat shundaki, vaziyatlar juda ko'p yaratyapmiz. Ammo ulardan foydalanish borasidagi hulosalar esa ko'ngilni xira qilmoqda. Agarda vaziyatlardan foydalana olmasangiz, ECHLdan ham Italiya Kubogidan ham chiqib ketasiz.
Qo'l ostimdagi "Inter" yuqori martabali klubga aylana olishiga ishonaman. Ammo hali maqsadlarimizga erisha olmadik. Faqatgina ahmoqlar bizdagi rivojlanishni ko'ra olmasligi mumkin. Raqiblar bizni yanada hurmat qilishni boshlashdi", - dedi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar