Konte: "CHempionlikni nishonlashga hali erta"
04 apr 2021 11:56
Yangiliklar
Konte: "CHempionlikni nishonlashga hali erta"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya doirasida "Bolonya" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Inter" eng yaqin taqibchisi "Milan" bilan oradagi farqni 8 ochkogacha oshirdi.
"Yo'q, Skudettoni nishonlamayapmiz. Buning uchun biz matematik jihatdan hech kim eta olmaydigan darajada barchadan oldinga o'tib ketishimiz kerak. Jamoalar hali 8-9tadan o'yin o'tkazishadi. Unda 27-30 ochko jamg'arish mumkin. A Seriyaning qiyinchiliklari qanday ekanligini yaxshi bilamiz. Ushbu mavsumda qandaydir sovg'alar yutishimiz aniq, ammo barchasini rasmiylashtirish kerak. Lekin hozircha biz hech nimaga erishmadik", - dedi Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar