Konte A Seriya chempionligini kimlarga bag'ishlashini aytdi
02 may 2021 22:45
Yangiliklar
Konte A Seriya chempionligini kimlarga bag'ishlashini aytdi
“Inter” ustozi Antonio Konte jamoasi bilan Skudettoni qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi.
“O'ylashimcha, bu mavsum oldinga qadam tashlaganimiz bizni chempionlik sari etakladi. Mavaffaqiyatdan zavq olishimiz kerak, buni oldinda kutayotgan 4 o'yinda amalga oshiramiz.
CHempionlikni kimga bag'ishlayman? Yaqinlarimga: rafiqam, qizim, aka-ukalarimga. SHuningdek, men uchun juda muhim bo'lgan va oxirgi yillar davomida menga ko'maklashib kelgan Gabriele Orialiga ham munnatdorchilik bildiraman", deydi Konte.
Eslatib o'tamiz, “Inter” A Seriya tugashiga 4 tur qolganida mamlakat chempioniga aylandi. 2-o'rin uchun esa “Milan” “Atalanta”, “Napoli”, “Yuventus” va “Lacio” kabi jamoalar kurashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar