So’nggi yangiliklar

09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  0 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  0 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  3 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2

Konstituciya kuniga Odil Ahmedovdan tuhfa Yangiliklar

Konstituciya kuniga Odil Ahmedovdan tuhfa

Bugungi kunda o'zbek futbolida yorqin yulduz sifatida tilga olinadigan o'yinchimiz – bu shubhasiz Odil Ahmedov.

Xitoyning “SHanxay SIPG” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan hamyurtimiz hamma vaqt o'zining professional va insoniylik qadryatlarining oliy darajasini ko'rsatishga harakat qilib kelmoqda. Ahmedovning nafaqat yurtimizda, balki Xitoyda va boshqa mamlakatlarda ham muxlislari ko'p. SHubhasiz, Odil boshqalar uchun o'rnak sifatida ko'rsatsa arziydigan futbolchi. U hammasiga faqat o'z mehnati orqali erishib kelmoqda. Qaniydi, aksariyat futbolchilarimiz unga o'xshashsa...

Terma jamoamiz sardori va etakchisi bolalar futboliga sira ham befarq emas. Bir necha bor uning bu borada yordam qo'lini cho'zgani haqida eshitganmiz. Yaqinda Xitoy chempionati o'z yakuniga etdi. SHu sababli Ahmedov O'zbekistonga qaytdi. Aytish kerakki, futbolchi bir necha kun davomida ona shahri – Namanganda bo'lib turibdi. Aytish joizki, uning hech bir vaqti zoe ketmayapti. Yani, Namanganda bo'lib turgan paytida turli madaniy tadbirlar, uchrashuvlarning asosiy qahramoniga aylanmoqda. Yuqorida aytib o'tganimizdek, Odil Ahmedov bolalar futboliga jiddiy qaraydi va bu borada o'zining shaxsiy “Odil Junior” nomli futbol maktabiga ham ega. Tabiiyki, uyiga qaytgan chog'ida ushbu futbol maktabidagi ishlar qanday ketayotgani bilan qiziqdi va yaqindan tanishdi. Uning maqsadi yosh iqtidorli bolalarni munosib tarbiya qilgan holda ularga etarli shart-sharoitlarni yaratish va kelajakda o'zbek futboli uchun xizmat qiladigan iqtidorlarni etishtirishdir. Ahmedov o'z oldiga aynan shunday katta maqsadlarni qo'ygan. SHu bilan birga Odil o'zining bolalik chog'ini va katta futbolga qay tarzda qadam bosganini ham hali unutgani yo'q. Ayniqsa, u Namangandagi futbol maktab-internatida tahsil olgan. SHu bois bugungi kunda taniqli o'yinchiga aylangan Ahmedov o'zi tarbiya topib, futbolning ilk sir-asrorlarini o'rgangan futbol maktab-internatiga ham befarq qarab turgani yo'q. Odil o'qib, tahsil olgan ushbu futbol maktab-internati hozirda ham o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda va u erda ko'plab yosh iqtidorlar tahsil olishmoqda. Ajab emaski, ushbu dargohda yangi Odil Ahmedovlar etishib chiqayotgan bo'lsa...

Bizni quvontirgan narsa shu bo'ldiki, O'zbekiston faxriga aylangan futbolchi o'zining navbatdagi yordam qo'lini cho'zdi. Yosh futbolchilar uchun hamma vaqt ularga etarli darajada sharoit va imkoniyatlar yaratilgan bo'lishi kerak. Buni esa Odil juda yaxshi biladi. CHunki uning o'zi ham vaqtida yosh bo'lib, o'sha futbol maktabida tahsil olgan. SHuning uchun ham u hamisha bolalar futboliga jiddiy ko'z bilan qaraydi. Undagi vatanparvarlik ruhiyati kuchli ekanligiga shubha qilish mumkin emas. Odil hozirgi yosh o'sib kelayotgan avlodning kelajakda O'zbekiston va uning rivoji uchun hissasi tegishini istaydi va buning uchun bolalar futbolining infratuzilmasi, sharoitlari yuqori darajada bo'lishini istaydi. Bu Ahmedovning maqsadlaridan biri desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. SHunisi aniqki, futbolimiz yulduzi doimo istiqbolli rejalarni tuzib yuradi. Aynan Namanganda tashkil etilgan “Odil-Junior” futbol maktabining tashkil etilgani ham bejiz emas. Odil o'zi istagan darajadagi futbol maktabini tashkil etish uchun dastlabki qadamlarni tashladi va bu uni xursand qilyapti. Negaki, o'zi istaganidek namanganlik, vodiylik yosh iqtidorlarni izlab topib ularga yaxshi sharoitlar yaratgan holda haqiqiy futbolchi qilib tarbiyalash asosiy maqsadlardan biri.

8 dekabr O'zbekiston Konstituciyasi qabul qilingan kun! Odil Ahmedov esa yana bir xayrli va savobli ishga qo'l urdi. Ahamiyatlisi, uning ushbu xayrli ishi aynan Konstituciya bayrami kuni keng ommaga namoyish etildi. Bunda ham o'ziga xos ramziy mano bor, albatta. Vatanni sevib, uni ardoqlab, o'z yurti uchun qo'lidan kelganicha hissa qo'shib kelayotgan uning farzandidan har qancha faxrlansak arziydi. Odil Ahmedov Namangan shahridagi futbol maktab-internatida tahsil oldi. Albatta, u qanday sharoitda o'qib, izlanganini o'zi biladi. Muhimi, u sabrli va mehnatsevar. O'zi tahsil olgan futbol maktabiga sira ham beetibor bo'lmagan uning sobiq o'quvchisi, ushbu bilim dargohidan futbolning sir-asrorlarini o'rganib, endilikda o'zbek futbolining yuziga aylangan Ahmedov o'zi tarbiya olgan va bilim bergan futbol maktabini ezozlab, u erda tahsil olayotgan yoshlarga yordam qo'lini cho'zmoqda. SHu maqsadda mazkur maktabga ajoyib ko'rinishda suniy qoplamali futbol maydonini qurib berdi. Bu istak Odilda ancha oldin paydo bo'lgandi va nihoyat uni ro'yobga chiqarishga ham erishdi. Aynan ushbu chiroyli va qulay sharoitlarga ega bo'lgan futbol maydonining ochilish marosimi Konstituciya kuniga to'g'ri keldi va bu tadbir viloyat rahbarlarining ham etiboridan chetda qolmagani o'ziga xos quvonch ulashdi. Albatta, futbol maktab-internati bayramona tarzda bezatilgandi. Hamma xursand, shod, kayfiyat yuqori darajada edi. Odil Ahmedov o'zi tarbiya olgan futbol maktabiga yordam qo'lini cho'zgani barcha namanganliklarda yana bir bor faxr tuyg'usini oshirib yubordi. Mazkur ochilish marosimiga Odil Ahmedovga uning akasi, aktyor Yoqub Ahmedov va futbolchining mamuri Sodiq Ahmadaliev hamroxlik qildilar. SHuningdek, Ahmedovlarning kichigi Azim ham tez orada paydo bo'ldi. SHuni aytish kerakki, hamma Odilni sog'ingandi va shu bois ham futbol maktabina yig'ilgan barcha u bilan rasmga tushish ilinjida bo'ldilar. Yangi maydonning ochilish marosimiga Namangan viloyat hokimi hamda shahar hokimining tashrif buyurishi chindan ham viloyatda futbolga bo'lgan etibor yuqori ekanligi yaqqol namoyon bo'ldi. Aytish joizki, viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevich Bozorov Odil Ahmedov bilan birgalikda maxsus lentani qirqqan holda rasman maydonni ochib berishdi. SHundan so'ng viloyat hokimi so'zga chiqdi:

- Ayni paytda yurtimizda Konstituciyamizning 25 yilligi nishonlamoqda va bu orqali xalqimizda bayram shukuhi hukm surmoqda. Bugun esa barchamiz ushbu futbol maktabining yangi maydonini ochilish marosimida qatnashib turibmiz. Bu bilan barchani tabriklayman va hammaga muborak bo'lsin deyman. Hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning boshchiligida yurtimizda juda katta o'zgarishlar amalga oshirilyapti. Qisqa fursat ichida yangi qarorlar chiqyapti va uning ijrosini bajarish asnosida mamlakatimiz yanada yangi qiyofaga kirib boryapti. Har bir sohada bo'lgani kabi sport va xususan futbolda ham katta o'zgarish hamda islohotlar amalga oshirilyapti. Ayniqsa, yoshlar futboliga ham katta etibor berilayotgani ham shubhasiz quvonarlidir. Nima uchun terma jamoamiz jahon chempionatlarida qatnashmasligi kerak? Nima uchun futbolimiz yanada rivojlanmasligi kerak? Ushbu savolni har birimiz albatta o'zimizga berishimiz lozim. Bizda mana shunday futbol maktabining faoliyat ko'rsatishi, “Navbahor” klubi qoshida ham futbol maktabining borligi albatta Namangan futbolining rivojlanishi uchun asos bo'la oladi. Lekin biz shundan samarali foydalana olishni ham bilishimiz darkor. Albatta, imkon qadar bundan foydalanib kelyapmiz. Buning samarasi o'laroq yonimda turgan Odil Ahmedovni ayta olaman. Lekin rostini aytaman, bizda unga o'xshagan futbolchilar oz. 

Bizda yoshlar futboli uchun shunday sharoit va imkoniyatlar yaratilyaptimi, demak, Odil Ahmedovga o'xshagan o'yinchilar bundan-da ko'proq bo'lishi lozim. Namangan futbolining o'z o'rni bor, ammo yanada uning nufuzini oshirishimiz kerak. Albatta, Namangan futboli deganda birinchi navbatda “Navbahor” tilga olinadi. Bu O'zbekistonda o'z nomi va o'z o'rniga ega bo'lgan jamoalardan biridir. Lekin biz bu bilan cheklanib qolmasdan yanada izlanishda va rivojlanishda davom etishimiz kerak. Buning uchun albatta bolalar futboliga bo'lgan etiborni oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. O'z futbol maktablarimizda yoshlarni to'g'ri yo'lda tarbiyalab, ularni oliy liga klublari, milliy terma jamoalarimiz va Evropa klublarida o'ynay olishini taminlay olsak shundagina qilayotgan ishlarimizning samarasi ko'rinadi. O'ylaymanki, bu istaklarimizga ham oz qoldi. Buning uchun rahbariyat va murabbiylar doim izlanishda, talab ham shunga yarasha bo'lyapti. Tabiiyki, bugungi ajoyib futbol maydonining yoshlarga foydalanishga topshirilishi ham ularning kelajakda ajoyib futbolchi bo'lib etishishlarida katta turkti bo'lib xizmat qiladi. Buning uchun o'z nomimdan va Namangan xalqi nomidan Odil Ahmedovga minnatdorchilik bildiraman. Sizning mana shunday xayrli ishga qo'l urganingiz aminmanki, yoshlarimizning rivojlanishida juda katta turtki bo'ladi. Sizning bundan keyingi faoliyatingizga kattadan-katta omadlar tilaymiz. Yoshlarimiz esa albatta sizdan o'rnak oladilar. Namangan futboli esa bundan-da rivojlansin. Bu yil “Navbahor” jamoamiz 5-o'rinni egalladi, kelasi yili esa sovrindorlar qatoridan joy olishini tilab qolaman. O'zbek futbolining jahon arenalarida muvaffaqiyat qozonishini istayman, - dedi Namangan viloyati hokimi.

SHundan keyin Odil Ahmedov ham so'zga chiqib, o'z fikrlarini bildirdi.
-    Barchani Konstituciya bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. SHu erda to'planib turgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Namanganda iqtidorli bolalar juda ham ko'p. Ularga esa albatta mana shunday imkoniyatlarni yaratib berishimiz kerak. SHu bilan birga “Navbahor” klubini ham sovrinli o'rinlarda bo'lishini tilab qolaman. Eng asosiysi, bu erda O'zbekiston terma jamoasi uchun munosib bo'lgan futbolchilarning etishib chiqishiga ishonaman. SHu o'rinda viloyatimiz rahbariyatiga ham minnatdorchilik bildiraman. Ular futbol uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishyapti. Biz esa bundan unumli foydalanishimiz lozim. Men barcha yoshlarga faqat omad tilayman. Qo'limdan kelganicha sizlarga yordam berishga tayyorman. Aminmanki, sizlar bilan yana ko'rishamiz. Barchaga omad yor bo'lsin, - dedi Odil Ahmedov.

SHu kuni juda ko'pchilik ushbu marosimda ishtirok etdi. Ayniqsa, u erda tahsil olayotgan yosh bolalarning ko'zidagi quvonch va xursandchilik yaqqol bilinib turardi. Odil Ahmedovdan hali bu hammasi emasdi. Ajoyib fikrlar bildirilgach, viloyat hokimi bilan birgalikda maktab tarbiyalanuvchilariga ko'plab sport kiyimlari, to'plar topshirildi. Bunga javoban ushbu dargohda tarbiya olayotgan bolalar kelajakda Odil Ahmedovdek futbolchi bo'lib etishishga vada berdilar. SHundan so'ng yangi maydonda ikkita jamoa o'rtasida dastlabki o'yin o'tkazildi. Darvoqe, yangi qurib bitkazilgan maydonda ilk futbol uchrashuvini Odil Ahmedovning o'zi ramziy manoda ochib berdi.

SHuni aytish kerakki, mazkur futbol maktabidan ko'plab futbolchilar etishib chiqishgan. Odil Ahmedovdan tashqari shu kuni yana ko'plab bugungi kunda muxlislar etiborini qozongan futbolchilar ham qatnashishdi. Jumladan, Dilshod Jabborov, Mirzohid G'ofurov, Ilhom Boydadaev, Azam Aliev, Otabek Valijonov, Obid Jo'raboev, Aziz Turg'unboev, Vladimir Kozak va yana boshqa futbolchilar ham ishtirok etishdi va ular ham ushbu futbol maktabining tarbiyalanuvchilari hisoblanadilar. Bir so'z bilan aytganda, yangi maydonning ochilish marosimi juda chiroyli va ko'ngildagidek o'tdi. Muhimi, yosh o'sib kelayotgan avlod uchun munosib sovg'a bo'ldi. Buning uchun Odil Ahmedovdan minnatdormiz.


SHuhratbek JO'RAEV

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика