Konstantin Sviridov - O'zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi futzalchisi
11 mar 2016 11:10
Yangiliklar


Konstantin Sviridov - O'zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi futzalchisi
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi hamda “Olmaliq” klubi azosi Konstantin Sviridov O'zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi futzalchisi deb tan olindi.
“Olmaliq” tarkibida 2015 yilda O'zbekiston chempioniga aylangan Sviridovga yilning eng yaxshisi futzalchisi uchun maxsus sovrin O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgani hamda Osiyo chempionati kumush medallari sohibiga aylanganligi munosabati bilan o'tkazilgan taqdirlash marosimi davomida topshirildi.
Malumot uchun, Sviridov Toshkentda o'tkazilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi safida ham ajoyib o'yinlar namoyish etdi va terma jamoaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri sifatida etirof etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar