So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  4 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Ko'ngli yarim Jahon chempionlari Yangiliklar

Ko'ngli yarim Jahon chempionlari

Teglar :  Mehribonlik uyi
Odatda bolalar qandaydir yaxshi ish qilishsa ota-onangga rahmat deydi xalqimiz. Lekin bugun unday kun emas.

Bugun Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o'rtasidagi Jahon chempionati final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda dunyoning turli chekkalaridan o'nlab terma jamoalar ishtirok etishdi. Ha, futbolchilarning barchasi etim bolalar va qizlar edi. O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor mana shu musobaqada ishtirok etdi.

Terma jamoamiz murabbiyi Jamshid Asadov bir necha oy oldin tarixda ilk bor O'zbekiston ham mana shu Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin yaqin vaqt ichida barchasi aniq bo'ladi deb menga murojaat qilgandi. O'shanda ich-ichimdan sevingandim. O'zbekiston terma jamoasi Jahon miqiyosidagi yana bir nufuzli chempionatda ishtirok etishining o'zidan quvongandim.


Mana bugun o'sha jamoa Jahon chempioni bo'ldi! Dunyoda hozir mana shu yigitlar tengsiz! Lekin ularning ko'ngli yarim. Har bir ona bolasini 9 oy o'z qornida ko'tarib yuradi va ming azobda farzandini dunyoga keltiradi. Lekin qanday qilib o'z bolasini tashlab ketishga jurat qila olar ekan? Mana shu bolalar Mehribonlik uyida tarbiyalanish bilan birga futbol bilan shug'ullanishga va o'z yurti sharafini jahon miqiyosidagi musobaqada munosib himoya qilishga kuch topa olishgani haqiqiy jasorat emasmi? Finalda o'zini ham ayamay gol urib oyog'ini jarohatlab olgan terma jamoamiz azosini ko'rdingizmi? Mana shu haqiqiy vatanparvarlik bo'ladi. Musobaqada ishtirok etgan barcha-barchani bugungi tarixiy g'alaba bilan tabriklaymiz.

Tashkilotchilar bejizga musobaqaga "Kelajak senga bog'liq" ("Budushhee zavisit ot tebya") deb nom qo'yishmagan. Mana shu bolakaylar kelajakda shunday inson bo'lib etishishsin-ki, ularni dunyoga keltirgan lekin turli sabablar bilan "detdom"ga tashlab ketgan ota va onalar pushaymon bo'lsin.


Jahon chempionatiga borib o'yinlardan oldin qo'llarini duoga ochib, O'zbekiston madhiyasini baralla kuylagan, barcha raqiblarni engib bayrog'imizni baland ko'targan ukalarimiz bilan butun xalqimiz faxrlanadi! Meni xursand qilgan jihat yigitlarimiz final uchrashuvida g'olib bo'lishganidan ko'p o'tmay O'zbekiston MOQ prezidenti hamda O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovnin tabrigi chop etildi. Demak, bu safargi Jahon chempionlari ham etibordan chetda qolishmaydi.

Sarlavhani noto'g'ri yozganim uchun uzr so'rayman. Ularning ko'ngli yarim emas. Sababi O'zbekiston mamlakati ularning haqiqiy ota-onasi! Bu davlatda hech kim mehr va etiborsiz qolib ketmaydi!


Narzulla Saydullaev

Reyting: +213   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика