Konferenciyalar Ligasi. "Tobol" "Xayduk" to'sig'idan o'tib, keyingi bosqichga yo'l oldi, Sergeevdan dubl!
29 iyu 2021 22:44
Yangiliklar
Konferenciyalar Ligasi. "Tobol" "Xayduk" to'sig'idan o'tib, keyingi bosqichga yo'l oldi, Sergeevdan dubl!
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev mazkur bahsda 79 daqiqa harakatlanib, 2 ta gol urdi va "Tobol"ning uchinchi saralash bosqichiga yo'l olishida katta hissa qo'shdi.
"Tobol" (Qozog'iston) – "Xayduk" (Xorvatiya) 4:1
Markaziy stadion
Gollar: Dushan Yovanchich 56', Igor Sergeev 61', 67', Asxat Tagibergen 118' – Emir Saxiti 90+4
Gol urilmagan penalti: Filip Krovinovich 70'
"Tobol": Aleksandr Mokin, Sergey Maliy, Aleksandr Marochkin, Aleksa Amanovich, Bagdat Kairov, Serikjan Mujikov (Azat Nurgaliev, 87), Dushan Yovanchich (Samat Jarinbetov, 108), Ruslan Valiullin, Zoran Toshich (Xayme-Toni Silva, 75), Igor Sergeev (Elguja Lobjanidze, 79), Ruben Brijidu (Asxat Tagibergen, 87)
"Xayduk": Lovre Kalinich, Gerge Lovrenchich, Mario Vuskovich, Stefan SHimich, Devid Kolina (Ivan Dolchek, 83), Yosip Vukovich (Kristian Dimitrov, 83), Emir Saxiti, Filip Krovinovich (Yani Atanasov, 112), Jayro (Stipe Biuk, 68), Yan Mlakar (Dimitrios Diamantakos, 83), Marin Lyubichich (Yosip Elez, 61)
Ogohlantirishlar: Mario Vuskovich (14), Bagdat Kairov (31), Dushan Yovanchich (37), Ruslan Valiullin (81), Stefan SHimich (94).
Birinchi o'yin: 0-2
Fikrlar