Konfederatsiyalar kubogi. Bugun birinchi finalchi ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2017, 08:50
Bugun Rossiyada o'tayotgan Konfederatsiyalar kubogi musobaqasining dastlabki yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Qozon shahrida Yevropa chempioni Portugaliya terma jamoasi Janubiy Amerika chempioni Chili terma jamoasiga qarshi saf tortadi. Krishtianu Ronaldu va Aleksis Sanches yetakchiligidagi jamoalar o'rtasidagi bahs g'olibi musobaqaning birinchi finalchisiga aylanadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Ikkinchi yarim final esa 29 iyun kuni Germaniya va Meksika o'rtasida bo'lib o'tadi.


PORTUGALIYA - CHILI
28 iyunya. Qozon. "Qozon Arena" stadioni. 23:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam
- Alirizo Fag'oni (Eron).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia