Kompani: "Yakshanba kuni Azar ichburug' bo'lib qoladi deb umid qilaman"
14 avg 2015 19:10
Yangiliklar
Kompani: "Yakshanba kuni Azar ichburug' bo'lib qoladi deb umid qilaman"
"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani "CHelsi"ga qarshi o'yinda raqib yarim himoyachisi diareya bilan og'rib maydonga tushmasligiga umid qilyapti.
"Manchester Siti" - "CHelsi" o'yini 16 avgust kuni 20:00da boshlanadi.
"Azar ichburug' bo'lib qolishiga umid qilardim. U "CHelsi"da muhim rolni ijro etadi. "Suonsi"ga qarshi birinchi turda yaxshi o'ynay olmagan bo'lishi mumkin, ammo "CHelsi" o'n kishi bo'lib qolganida jamoaning yagona xavfli o'yinchisi Azar edi" - deydi Kompani.
Fikrlar