So’nggi yangiliklar

00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  0 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гўл ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  5 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  7 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  1 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   2 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  3 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  4 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  8 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  2 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  7 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  2 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  55 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9

Kommersant: Yangicha formatdagi JCHda O'zbekistonni ham ko'rishimiz mumkin Yangiliklar

Kommersant: Yangicha formatdagi JCHda O'zbekistonni ham ko'rishimiz mumkin

FIFA baribir jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 taga oshirdi.

Yangicha formatda bir qancha kamchiliklar bo'lishi mumkin. Lekin, ekspertlar fikricha bu narsa Infantinoga saylovdan oldingi vadasini amalga oshirish uchun yordam beradi, yani, JCH o'tkazishdan tushgan daromadni milliy federaciyalarga ko'proq taqsimlash. Biroq, bu yangilikdan bir qancha etakchi klublar norozi bo'lishmoqda.

Avvalo, mutaxassislar bu borada qanday fikrda ekanliklariga etibor qaratsak...

Birinchidan, bu turnir sifatini tushirib yuboradi. FIFA nafaqat Evropa va Janubiy Amerikaga, balki boshqa qitalarga ham yaxshigina kvotalar ajratishi kutilmoqda. Bu esa ularning fikricha turnirda saviyasiz futbolchilar va jamoalar paydo bo'lishiga asos bo'ladi.

Ikkinchidan, JCHdagi o'yinlarning ko'payishi, turnir o'tkazish uchun ketadigan chiqimlarning ham ko'tarilishiga olib keladi: ko'proq stadion, boshqa obektlar, hizmat ko'rsatuvchilar... Endi ko'p mamlakatlar bu turnirni o'tkazish uchun davogarlik qila olmaydilar.

Uchinchidan, musobaqani qanaqa formatda o'tkazish. Yangi loyiha bo'yicha terma jamoalar 3 tadan 16 ta guruhga bo'linishlari kerak. Ikkita eng yaxshi terma jamoa musobaqani davom ettiradi. Guruhda toq jamoa bo'lish varianti to'g'ri kelmaydi. Guruhda uchta jamoa bo'ladigan bo'lsa, so'nggi tur o'yinlarida maydonga tushgan terma jamoalar o'zaro kelishgan holda dam olayotgan raqiblarini guruhda qoldirib ketish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Biroq, FIFA bu narsalarga ko'zini yummoqchi. Infantino esa terma jamoalar sonini oshirish - futbolning dunyo bo'ylab yanada ommaviylashishida foyda beradi degan fikrida turib olgan.


Janni Infantino UEFAda Mishel Platini qo'l ostida faoliyat olib borgan paytida ham Evropa chempionati ishtirokchilarini oshirish tarafdori bo'lib kelgan. Aynan Platini "Evro"da qatnashadigan terma jamoalar sonini 16 tadan 24 taga oshirgan. O'sha vaqtda ham ushbu o'zgarishga qarshi bo'lganlar etarlicha topilgan. Ular ham musobaqa saviyasini tushib ketishini asosiy sabab sifatida ko'rsatishgan.

O'tgan yili yozda Franciyada bo'lib o'tgan Evro-2016da ilk marotaba 24 ta terma jamoa ishtirok etdi. Ushbu musobaqani muvvaffaqiyatli o'tgan turnirlar qatoriga qo'shsak bo'ladi. Xar holda musobaqa iqtisodiy tomonlama yaxshigina daromad olib keldi. UEFA turnirdan 1,93 milliard evro daromad tushganini malum qildi. Ko'rsatkich 2012 yilgisi bilan qaraganda 34 foizga ko'tarilgan edi! (2012 yilgi daromad 1,4 milliard evro). Ulardan 40 foizi - homiylardan, 25 foizi - TV va yana taxminan 25 foizi chiptalar sotuvidan tushgan.



UEFA ishtirokchilar sonini oshirish barobarida uni tomosha qiladigan mamlakatlar sonini ham ko'tardi. Bu degani, endilikda ko'proq mamlakatlar chempionatni translyaciya qilish huquqini sotib oladilar. Stadionlarga keluvchi muxlislarga ham ko'proq chiptalar sotila boshlaydi.

FIFA ekspertlari guruhining hisob-kitoblariga qaraganda ushbu o'zgarish tashkilotga yaxshigina daromad olib keladi. 32 ta terma jamoaning 48 taga ko'paygani, 64 ta o'yinning 80 taga ortishiga asos bo'ladi va bu FIFAga yana qo'shimcha 1 milliard dollar foyda kelishini taminlaydi. Sof foyda esa 650 million dollarga etadi!


Kuchsizlar uchun imkoniyat


O'tgan safar Braziliyada 32 ta terma jamoa qatnashgandi. Mezbonlardan tashqari musobaqada barcha saralash bosqichida ishtirok etgan. Endilikda ko'pchilik uchun notanish jamoalarni ham ushbu musobaqada ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Masalan, 2014 yil uchun Osiyoda 4 ta yo'llanma mavjud edi. Ular Eron, Janubiy Koreya, Yaponi va Avstraliya terma jamoalariga nasib qilgan. Ushbu terma jamoalar safida top-musobaqalarda qatnashgan, yulduz futbolchilar nomlarini uchratib qolishimiz mumkin. Agar o'shanda ham yangicha format bo'yicha musobaqa tashkil qilinganida, biz Iordaniya va O'zbekiston kabi terma jamoalarni ham Mundialda ko'rishimiz mumkin bo'lardi. Ularning ikkisida ham top-turnirlarda qatnashish tajribasi yo'q. Futbolchilar orasida esa yaqindagina "Krasnodar"dan Xitoyga yo'l olgan Odil Ahmedovni eng taniqlisi deb ko'rsatishimiz mumkin.

Okeaniyadan esa Braziliyadagi turnirga xech kim bormagan. Konfederaciyaning eng kuchli terma jamoasi Yangi Zelandiya pley-off bahslarida meksikaliklarga umumiy hisobda 3:9 hisobida yutqazib qo'ygandilar.


Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика