So’nggi yangiliklar

08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  104 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0

Komiljon Mirzaboev: Hali Neftchi o'z so'zini aytganicha yo'q Yangiliklar

Komiljon Mirzaboev: Hali Neftchi o'z so'zini aytganicha yo'q

Oliy ligada birinchi davra uchrashuvlari o'z nihoyasiga etib, klub azolari biroz hordiq chiqarib olishgach, hal qiluvchi bahslar oldidan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rishadi.
CHempionatni o'z imkoniyatlaridan past darajada boshlagan farg'onaliklarning umidlari hali so'ngani yo'q. Oxirgi malumotlarga ko'ra, tarkibni kuchaytirish uchun bir qator etakchi futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Umuman, Neftchining avvalgi mavqeini tiklash maqsadida rahbariyat tinimsiz izlanishlar qilmoqda. Holatga to'la oydinlik kiritish maqsadida klub raisi Komiljon Mirzaboevga murojaat etdik.

- Jamoa birinchi davraning oxirgi ikki uchrashuvida yuz foizli natijani qo'lga kiritdi. Inqiroz ortda qolib, ahvolning yaxshi tomonga o'zgarayotganligi haqida gapirish o'rinlimi?
- Klubdagi muhit asta-sekin ajoyib tarzga kelib, barchaning kayfiyatida ijobiylik hukm surmoqda. Qolaversa, murabbiy va futbolchilar yuzaga kelgan holatni teran anglagan holda mehnat qilishda davom etishdi. Mashg'ulotlarda qattiq ishlaganliklari oxirgi uchrashuvlarga kelib o'z samarasini bera boshladi. Davra so'ngisida erishilgan ikki g'alaba kayfiyatlarni yanada ko'tarishiga shubha yo'q.

- O'yin bor edi-yu, natija bo'lmayotgandi, deyish mumkinmi yoki aksariyat harakat ruhiy holat bilan bog'liq ekanligi va uni izga solish uchun shuncha muddat talab etilarmidi?

- Darhaqiqat, ruhiy holat yumshoq qilib aytganda, yaxshi darajada emasdi. Nega bundayligi borasidagi sababini tushuntirib o'tishimga hojat bo'lmasa kerak. Qisqa fursat ichida murabbiylar shtabi keng hajmdagi ishlarni olib borishdi. Avvalo futbolchilarning ruhiy tayyorgarligiga alohida etibor qaratildi. Qolaversa, kundalik nazariy va amaliy mashg'ulotlarni yaxshi saviyada o'tkazishib, barcha jabhalarni yigitlarga to'la etkazishga intilishdi. SHuningdek uzviylik bo'lganligini ham etirof etishimiz darkor. Tibbiyotdagi so'nggi yangiliklardan foydalangan tarzda ish ko'rilmoqda va Navbahor, SHo'rtan klublariga qarshi bellashuvlarda futbolchilarimiz o'zlarining ijobiy qirralarini namoyon etishdi. Birinchi davraning oxirgi o'yinlarida qo'lga kiritilgan g'alabalardan havolanib ketmaslik darkor. Hali Neftchi o'z so'zini to'la aytganicha yo'q. Ochilmagan qirralarimiz hali ko'p. Qo'lga kiritilgan ochkolarni ijobiy ishlarning boshlanishi sifatida bemalol baholash mumkin. SHuningdek jamoa azolarining nimaga qodir ekanliklarini to'la namoyon eta olmaganliklari yaqqol sezilib turibdi. Ikkinchi davrani yuqori notada davom ettirishimiz shart.

- Tabiiyki, hozirda jamoa azolari tatilga chiqishgan. Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rish uchun qachondan boshlab yig'inlar tashkil etiladi?
- Safarda SHo'rtanga qarshi o'yin o'tkazganimizdan keyin futbolchilar qisqa muddatli tatilga chiqishdi. 12 iyul kuni barchasi Farg'onadagi bazamizda to'planishib, Toshkentdagi Geofizika majmuida ikkinchi davra bahslariga hozirlik ko'rishadi.

- Murabbiylar tarkibida hech qanday o'zgarish yuz bermaydimi?
- Murabbiylar shtabi to'liq shakllantirildi. Amet Memet boshchiligida bari yakdillikda mehnat qilib kelishmoqda: SHamil Iseev, Sergey Kovshov, Vyacheslav Tomilin, Eldor Sakaev. Ulardan tashqari selekcioner murabbiylarimiz Noil Gubanov va Pavel Pavlovlarga keng qamrovli ish yuritishlari haqida topshiriqlarni berganmiz. Ikkinchi davraga tarkibni ancha kuchaytirishimiz talab etiladi. Yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yuqori saviyada o'tkazish borasida murabbiylar bilan kelishib olganmiz.

- Amet Memet ishlagan jamoalarida ortidan o'zi bilgan shogirdlarini ergashtirib kelishini bir necha bor kuzatganmiz. Umuman, selekciya jarayonida bosh murabbiyning siyosatiga tayaniladimi yoki klubning bu borada o'ziga xos strategiyasi mavjudmi?
- Bosh murabbiy tomonidan hozirgi kunga qadar birorta futbolchi taklif qilingani yo'q. Asosiy urg'u mahalliy futbolchilarga qaratiladi. Yani, Farg'onada tanilib, munosib darajaga chiqishib, hozirda esa oliy liganing boshqa klublari sharafini himoya qilayotgan malakali ijrochilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. SHunday saviyadagi yigitlarni Neftchiga jalb qilish oson jarayon hisoblanmaydi. CHunki har birining to'p surayotgan klubi bilan shartnomalari bor. Ammo ikkinchi davrada natijani yanada yaxshilashga intilar ekanmiz, kuchli ijrochilar bilan tarkibni mustahkamlashimiz shart. Yuqorida to'xtalganimdek, asosiysi, Farg'ona futboli tarbiyalanuvchilariga qaratiladi.

- Muzokaralar ketayotgan vaqtda nomlarga balki to'xtalarsiz?
- Ochig'i, o'ndan ortiq futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Kimning jamoa safida to'p surishi esa avgust oyining oxirlariga borib hal bo'ladi. CHunki birovni chaqirib, imkoniyatlarini maydonda sinamay turib, nimaga qodirligini bilmasdan hech kimga katta miqdordagi mablag'ni qo'liga tutqazib, jamoaga o'ting deya yalinmoqchi emasmiz. Biz tomondan qiziqish bildirilayotgan ijrochining keyingi yillardagi statistik malumotlariga alohida etibor qaratamiz. Qancha uchrashuvda maydonga tushdi-yu, foydali koefficienti qanday bo'ldi? Mabodo hujumchi bo'lsa, kiritgan gollari sonini inobatga olamiz. Xullas, har bir nomzod bo'yicha murabbiylar shtabi tomonidan alohida o'rganib chiqiladi va jamoa o'yiniga mos tushadi degan qarorga kelinsa, shubhasiz uzoq muddatli shartnomalar tuzishga tayyormiz. Biz uchun futbolchining nomi muhim rol o'ynamaydi. Tayyorgarlik darajasi asosiy o'ringa qo'yiladi.

- Bosh murabbiy Amet Memetning hozirgi vaqtgacha yuritib kelayotgan siyosati sizni qoniqtirmoqdami?
- Amet Abdullaevich bir kunda zarurat tug'ilsa 24 soat ishlashga tayyor mutaxassis. Mashg'ulotlarni ham yaxshi saviyada tashkillashtirmoqda. SHuningdek o'rinbosarlar tarkibiga ham jiddiy etibor qaratib, ayrim iqtidorli yigitlarni ko'z ostiga olib qo'ygan.

- SHoxin nega ketib qoldi? Harqalay Evgeniy Nikolaevichga ishonch bildirib kelayotgandinglar.
- Asosiy sababi, sog'lig'i tufayli jamoani tark etdi. Olmaliq bilan uchrashuvga ketayotganda ham turli bezovtalanishlardan so'ng aeroportning o'zidanoq ortiga qaytishga majbur bo'lgandi. Mashg'ulotlar jarayonida qiynalayotganligi sezilib turdi. Betob odamga jiddiy talablar qo'yishimiz ham mantiqsizlik bo'lardi. Birinchi davra nihoyasiga etgach, ketish haqida istagi borligini bildirdi. Rahmat aytib, mutaxassis bilan xayrlashishimizga to'g'ri keldi.

- Farg'ona futboli istedodlarga boy ekanligini butun O'zbekistonda yaxshi bilishadi. Hozirgi kunda ijobiy natijaga ershishdan tashqari uning ertasi haqida ham bosh qotirib borishinglar talab etiladi.
- O'rinbosarlar jamoasidan tashqari klub qoshidagi maktabga ham alohida etibor qaratilmoqda. Ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasi turli chora-tadbirlar yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilmoqda. Umuman, klub tizimiga qarashli barcha, u bolalar jamoasi bo'ladimi, yoshlarnikimi - bir maqsad va yagona tizim borasida mehnat qilishlari talab etiladi. Keyinchalik qaysidir istedod bosh jamoaga taklif etilganda moslashishda muammoga duch kelmasligi kerak. Yangitdan barisini o'zlashtirib, futbol alifbosini o'rgatish uchun bosh murabbiyda vaqt bo'lmaydi. Umuman, hozirgi kunda murabbiylar katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishmoqda. Futbolchilarning jismoniy holati ancha yaxshilandi. O'rinbosarlar tarkibiga kelsak, jamoada o'zgarishlar ro'y berganidan keyin uchta g'alabaga erishishdi. Kubok bahsida Toshkentda Istiqlolga qarshi to'p surishdi. Muhimi, Farg'onada qobiliyatli yoshlar juda ko'p. Asosiy tarkibda o'ynashi mumkin bo'lgan 5-6 nafar istedodlarni murabbiylar ro'yxatga kiritib qo'yishgan va ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishmoqda.

- Yaxshiki, yozgi tanaffusga ijobiy kayfiyatda chiqdinglar. Oxirgi erishilgan g'alabalar pessimistik ruhdagi muxlislarni ham biroz bo'lsa-da, fikrini o'zgartirdi va sizlarga bo'lgan ishonch orta boshlagan bo'lsa ham ajab emas. Umuman, opponentlarga munosib javob ijobiy natija va musobaqa jadvalidagi o'rin bo'lsa kerak.
- Ayrim muxlislarning salbiy kayfiyatdagi bildirgan fikrlariga hozircha og'zaki javob qaytarmay turganimiz maqul. O'zingiz takidlaganingizdek, Neftchi ochkolar zaxirasini boyitish orqali mavqeini yaxshilab borishi barchasidan muhimdir. Ichki muammolarni asta-sekin hal etib borib, O'zbekistonning elit klublari qatoriga qo'shilganimizda  bizga xayrixoh bo'lmagan ayrim muxlislarning o'zlari tushunib etishlariga ishonchim komil. Jar yoqasiga kelib qolganda do'stlar kamayib qolishi tabiiy holdir. Barchasidan munosib tarzda o'tib bormoqdamiz. Biz ham ishlash jarayonida etarli tajribaga ega bo'lib borayotganligimiz ham ayni haqiqatdir. Hozirgi kunda muxlislarimizning daldasi har qachongidan muhimroqdir. Qo'lga kiritilgan g'alabalar zinaning birinchi pog'onasi hisoblanadi. Qilayotgan mehnatlarimiz albatta o'z samarasini beradi. Birinchi galda klubda adolat hukmronlik qilishi shubhasizdir. Men bunga rahbar sifatida qatiy vada beraman. To'g'ri, o'z tushunchalaridan kelib chiqib maslahat beraman degan inson yonimizga kelib, barisini yuzma-yuz o'tirgan holda tushuntirsa, to'g'ri qabul qilamiz. Ammo hali bunday holatga duch kelganimizcha yo'q. Salbiy tarzda fikr bildiruvchi ishqiboz yonimizga kelmadi. Lekin stadionda o'tirib olib, panadan murabbiy va futbolchilarning asabiga tegadigan turli xil hayqiriqlar foydamizga ishlamasligi aniq. Oldi-qochdi gaplarga esa etibor qaratmaymiz. Bizni to'g'ri tushuning. Klub biror shaxsga bog'liq bo'lib qoladigan tashkilot emas. Neftchi bizdan oldin ham, keyin ham faoliyatini davom ettiraveradi. Hozirda bizdan yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etib, to'g'ri izga solib yuborish talab etilmoqda. SHunday holatda vaziyatdan chiqib ketishning uddasini qila olmasak, nomimizga umuman yarashmaydi. SHaxsan viloyat hokimi, Farg'ona neftni qayta ishlash korxonasi rahbarlari, boshqa mutasaddi tashkilot vakillari bizni qo'llab-quvvatlab, har tomonlama ko'mak berib turganlarida musobaqa jadvalida 10-12-o'rinlardan birini band etib tursak, sira yarashmaydi. Umuman, Farg'ona viloyati hokimi SHuhrat G'aniev klub uchun barcha sharoitlarni yaratib, muammo bo'lmasligi borasida holimizdan doimiy ravishda xabar olib turibdi. Bizdagi barcha masalalarning ijobiy hal etilishida rahbarlarimizning hissasi kattadir. SHunday etiborga yarasha munosib javob bera olmasak, narximiz juda pastlab ketishi shubhasizdir.

- Yangi stadion bitgunga qadar ikkinchi davra o'yinlarini Qo'qonda o'tkazishda davom etasizlarmi?

- Yo'q. Qirgulidagi stadionimizning maydoni to'liq tamirdan chiqarildi. Hozircha parvarishlab turibmiz va 25 iyuldan boshlab maydondan bemalol foydalana boshlaymiz. Ikkinchi davra uchrashuvlarini shu stadionda o'tkazishni rejalashtirib turibmiz. Stadionning o'zida ayrim kamchiliklarga barham berish uchun tamirlash ishlari ketmoqda. Sig'imi - 6000 tomoshabinga mo'ljallangan.

- Birinchi davra yakuniga kelib futbolchilar yaxshi sport formasiga kirib borganliklarini takidlab o'tdingiz. Ammo jamoani kuchaytirish uchun chetdan o'yinchilar taklif etilishi borasidagi fikrlar ham yangradi. Bu o'z o'yinini topib borayotgan jamoa azolariga salbiy tasir qilmaydimi?

- Tan olish kerak, zaxira o'rindig'imiz keng emas. Kimnidir almashtirib, maydonga tushib o'yinni kuchaytirib yuboradigan ijrochilarning ko'pligi bilan maqtana olmaymiz. Har bir chiziqqa o'zbekistonlik top-futbolchilarni taklif etish borasida harakatlar ketmoqda. Neftchining yarim himoyasida mamlakatimizning eng yaxshilari jamlangan: Mansur Saidov, Aziz Alijonov, Iqbol Akramov, Baxtiyor Yoqubov...

- Kechirasiz, lekin shu bilan bir qatorda aynan raqobatning yo'qligi tufayli jamoaning etakchi futbolchilarida o'sish to'xtab qolgandek tuyuladi.
- Mazkur holatda raqobatning etarli darajada bo'lmaganligini ham sabab sifatida ko'rsatish mumkindir. Qolaversa, jamoaning jismoniy tayyorgarligi maromida bo'lmaganligini etirof etish mumkin. Malakali ijrochilarning taklif etilishi oqibatida raqobat kuchayadi. Quvonarli tarafi, munosib yoshlar ham asosiy tarkibning eshigini taqillatishmoqda. CHetdan futbolchi chaqirib, o'zimizning yosh kadrlarga befarq bo'lib qolish niyatimiz yo'q. Neftchining ertasi haqida ham o'ylab borishimiz bugungi kunning talabidir. Qolaversa, viloyat rahbariyati tomonidan etibor kuchli. Amaliy yordam hajmi haqida qanchalik to'lqinlanib gapirganimiz bilan tushuntira olishimiz qiyin. Xullas, muammo yo'q. SHunday ekan, bizning yomon ishlashga umuman haqqimiz qolmaydi.

- Etakchi futbolchilardan hech kim ketish haqida ariza yozmadimi?
- Klub raisi sifatida tarkibimizdagi hech qaysi futbolchiga javob bermoqchi emasman. CHunki barchasining shartnomalari bor. Bugungi kunda shularning xizmatidan foydalanamiz. Majburiyatlarni bajarayotgan ekanmiz, har biri o'ziga biriktirilgan vazifaga sidqidildan yondoshishi kerak.

Abdulhafiz ABDULAZIZ o'g'li suhbatlashdi.
“Futbol Ekspress” gazetasidan olindi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика