Kolo Ture ikki oy o'tib "Uigan"dan istefoga chiqarildi
27 jan 2023 16:38
Yangiliklar
Kolo Ture ikki oy o'tib "Uigan"dan istefoga chiqarildi
Ture jamoa ustozi sifatida 9 ta o'yin o'tkazdi va ularning birortasida g'alaba qozona olmadi. "Arsenal" va "Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi o'tgan yilning 29 noyabr kuni ishni qabul qilib olgach, uch yarim yillik shartnoma imzoladi. SHundan so'ng "Uigan" liganing 7 ta o'yinida atigi 2 ochko to'pladi. Jamoa Angliya Kubogida "Luton"ga mag'lub bo'ldi. O'tgan hafta so'ngida liga doirasida xuddi shu raqibga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berganidan keyin CHempionshipning eng quyi pog'onasida qoldi. Xavfsiz hududga chiqib olish uchun esa 4 ochko kerak.
Kolo Ture o'zi tug'ilgan Kot d’Ivuar, shuningdek, "Lester" va "Seltik"da murabbiylik qilganidan keyin bu ilk bosh murabbiy sifatidagi o'rni bo'ldi. Uning "Uigan"dagi yordamchilari ham "DV Stedium"ni tark etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar